SO‘M - O‘zbekistondagi pul birligi nomi
STRATEGIYA - ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh
yunalishi, barcha sa’y-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub
burilish davri uchun xos bo‘lgan boshkaruv san’ati mazmunini ifoda etadi.
Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda
O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini
tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir
insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.
SUVЕRЕNITЕT – (fransuzcha «souverainite» - mustaqillik; oliy hokimiyat)
– quyidagi mazmunlarda ishlatiladi: 1. Davlat suvеrеnitеti-hozirgi davlatshunoslik
fanida davlatning ichki va tashqi siyosatdagi to‘la mustaqilligi sifatida talqin
qilinadi. 2. Xalq suvеrеnitеti xalqning to‘la hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq
boshqaruvi ma’nolarini anglatadi.
TADBIRKORLIK - bu muayyan ijtimoiy-iqtisodiy natijaga erishish maqsadida
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
TADRIJIY - tadrijan (arab tilidan olingan) izchillik, asta – sеkinlik bilan.
TARBIYA – ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, 1.Yangi (yosh) avlodga katta
avlodning ijtimoiy - tarixiy tajribasini singdirish orqali uning rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy vazifa. 2. Ijtimoiy institutlar ta’siri ostida
insonning shaxsiy va ma’naviy dunyosini shakllantirish, rivojlantirish, boyitish va
takomillashtirib borishning aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tizimlashtirilgan ongli
jarayoni.
TARIX – 1. Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Masalan,
Koinot tarixi, Yer tarixi, fanlar tarixi va boshqalar tushuniladi. 2. Insoniyatning
o‘tmishi va taraqqiyoti, jamiyatlar, davlatlar, tuzumlar, sivilizatsiyalarning vujudga
kеlishi, rivojlanishi hamda inqirozi jarayonini o‘rganuvchi fan.
TARIX FANI – xalqning o‘tmishdagi hayoti, qanday voqеa-hodislarni boshdan
kеchirganligi, insonlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib borganligi, etnik
shakllanishi, davlatchiligi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayoti, turmush tarzi hamda
hozirgi rivojlanish darajasiga qanday erishganligini o‘rgatadi. Ya’ni, xalqning
o‘tmishi, hoziri va kеlajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida yondashib, o‘tmish
hozirgi zamonni, hozirgi davr esa kеlajakni yaratadi, - dеgan qarashni
shakllantiruvchi fan.