129
Ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish
hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimining o‘quv rejalariga
«Ma’naviyatshunoslik», «Kasbiy ma’naviyat» fanlarining kiritilishi har bir
mutaxassisning nafaqat malakali kadr, balki ma’nan komil va yuksak inson
bo‘lishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosati
darajasiga ko‘tarilgan bir paytda «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot
bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir,-dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda, -Biz
yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mahkam ustunga
tayanamiz. Birinchisi-ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga
asoslangan kuchli ma’naviyat».
O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida qadimdan boshlab ilm-fanning
hamma sohasi, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, me’morchilik,
ma’danshunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosni
chuqurroq o‘rganib, yanada boyitmoqdalar. Ular o‘z milliy asarlari va kashfiyotlari
bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Respublikamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Davlat va
jamiyat qurilishi Akademiyasi, Bank-moliya Akademiyasi, Nukus va Samarqandda
O‘zbekiston Respublikasi FAning bo‘limlari ochilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda ilm-fanga alohida
e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan
talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo
etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-
aprelidagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni
hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «
Dostları ilə paylaş: