A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Individ bo‘lib tug‘ilinadi, shaxs shakllantiriladi, individuallik uchun esa



Yüklə 208,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.09.2023
ölçüsü208,09 Kb.
#129204
1   2   3
auTn1iESvQHXyG3ewCIKKtIXGdYdEn8pNHEcjIco

Individ bo‘lib tug‘ilinadi, shaxs shakllantiriladi, individuallik uchun esa 
kurashiladi. Asmolov A.G. 
Shaxsga tegishli asosiy tushunchalar klassifikatsiyasi 



INSON – Nutq, ong, mexnat vositalarini yaratish va ulardan foydalanish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan biologik mavjudot. 

INDIVID – Mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan organizm. 

SUBYEKT – O‘z amaliy faoliyatiga ega bo‘lgan, o‘zining jismoniy, 
psixologik va ma’naviy kuchlarining boshqaruvchisi sifatidagi inson. 

SHAXS – Insonning ijtimoiy-madaniy faoliyat va muloqot jarayonida 
egallaydigan maxsus sifati. 

INDIVIDUALLIK – Biror-bir hodisaning, organizmning, odamning o‘ziga 
xosligi. 
2.
 
O‘sish va rivojlanish tushunchalari va ularning asosiy maqsadlari 
O‘qituvchini kasbiy faoliyatga tayyorlashni doimiy kasbiy malaka 
oshirishning bir shakli sifatida ko‘rib chiqish kerak. 
Jon Dyui (1859 – 1952)
Insonning o‘sishi va rivojlanishi - uning butun hayoti davomida sodir 
bo‘ladigan uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda miqdoriy o‘zgarishlar fundamental sifat 
o‘zgarishlariga olib keladi. 
O‘SISH - bu alohida jarayonlar strukturasida sezilarli o‘zgarishlarsiz, ichki 
struktura va uning tarkibining, unga kiruvchi alohida elementlar (ma‘lum 
miqdordagi axborot, ko‘nikma, tajriba va h.k.z) to‘planmasining miqdoriy o‘zgarish 
jarayonidir. 
RIVOJLANISH sifat o‘zgarishlari, yangi mexanizmlar, yangi jarayonlar, yangi 
tuzilmalar (yangi bilim, ko‘nikma, qobiliyatlarning paydo bo‘lishi yoki ularning 
vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketishi va h.k.z) bilan xarakterlanadi. 
Odamda o‘sish va rivojlanish jarayonlari bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va bir-
birini bosqichlar bilan almashtiradi. Bu gorizontal va vertikal harakatning 
almashinishi shaklida namoyon bo‘lishi mumkin: bilim va ko‘nikmalar to‘planadi 
(bu gorizontal o‘sish), keyin o‘sish, yangi darajaga o‘tish bo‘ladi (rivojlanish sodir 
bo‘ldi, yuqoriga sakrash), keyin yana bu yangi darajani o‘rganish (gorizontal harakat 
sifatida o‘sish) bosqichi keladi. 



Yüklə 208,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin