O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/125
tarix09.10.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#129882
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

V – 
qurilayotgan ob’ekt hajmi, m
3

T
o
– 
ob’ektni qurishda sarflanadigan 
mehnat hajmi, kishi – kun. 
Ishlarni bajarishdagi mehnat sig’imining solishtirma ko’rsatkichi qurilish-
montaj ishlarini ishlab chiqarishda sarflanadigan mehnat hajmini o’zida aks ettiradi 
va qurilayotgan ob’ekt uchun qabul qilingan konstruktiv yechimlarining 
texnologikligini hamda qurilish-montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik 
darajasini tavsiflaydi. 
Kapital 
mablag’lar umumiy hajmidagi qurilish-montaj ishlarining 
solishtirma salmog’i 
S
qmi
 
quyidagi formula
bo’yicha hisoblanadi. 
(6.3) 
Bu 
ko’rsatkich 
qurilishning 
industrializatsiyalashganlik 
darajasini 
tavsiflaydi.
Qurilish koeffitsienti 
K
q
 
qurilish yer uchastkasidan foydalanish darajasini 
belgilaydi: 
(6.4) 
Bu yerda 
G’
q
 
va
 G’
um
 
mos ravishda uchastkaning qurilayotgan va umumiy hududlari. 


95 
Bino maydoni (k
m
) va hajmidan (k
h
) oqilona foydalinish darajasi 
k
o
va 
k

(6.5) va (6.6)
 
bu yerda: 
G’
– binoning umumiy maydoni, m
2

G’
p
– foydali (yashash yoki ishlab 
chiqarish maydoni), m
2
;
 V – 
binoning hajmi, m
3
.
k
m
va k
h
koeffitsientlar mos ravishda binoning umumiy maydoni yoki 
hajmining qanday qismidan bevosita mo’jallangan vazifa uchun foydalanishni, 
xonalar (qavatlar) balandligi qanday darajada to’g’ri tanlanganligi va yordamchi 
-
xo’jalik xonalari to’g’ri loyihalanganligini ko’rsatadi. 
Ko’rsatkichlar tizimining mavjudligi murakkab texnik va xo’jalik 
yechimlarini har tomonlama yetarli darajadagi aniqlik bilan baholash imkonini 
beradi. Biroq shu bilan bir qatorda bu ko’rsatkichlar ziddiyatli jihatlarga ham 
egadir. Agar bir variantning barcha ko’rsatkichlari boshqa variantnikidan yaxshi 
bo’lsa, u holda masala juda oddiy bo’ladi. Lekin afsuski, amaliyotda bunday holat, 
ya’ni oddiylik kamdan – kam bo’ladi. Shunday holatlar bo’ladiki, masalan, 
qurilishning muddatini qisqartirishga ancha qimmat industrial konstruktsiyalarni 
qo’llash orqali erishiladi, ekspluatatsion sarf 
-
xarajatlarni qisqartirishga esa ancha 
qimmat bo’lgan materiallarni qo’llash, issiqlikning izolyatsiyasiga sarflanadigan 
mablag’larni oshirish yo’li bilan erishiladi, qurilishga sarflanadigan mehnat 
sig’imini qisqartirish uchun esa mehnat unumdorligi ancha yuqori bo’lgan va 
ancha qimmat turadigan mexanizmlarni qo’llashga to’g’ri keladi. 
Bir xil bo’lgan vaziyatlarda u yoki bu yechimlarni baholash uchun joriy 
xarajatlarning farqini hisobga olgan holda qo’shimcha kapital mablag’larning 
miqdorini solishtirish yoki taqqoslash yetarli bo’ladi. Masalan, variantlarning 
bittasi bo’yicha kapital mablag’larning miqdori boshqasinika nisbatan ko’p K
1
K
2
, lekin boshqa variant bo’yicha joriy xarajatlarning miqdori (qurilish mahsuloti 


96 
tannarxi) ikkinchi variantnikiga nisbatan past: S
1
S
2
, bu esa qurilish vaqtida 
qilingan ortiqcha sarf-xarajatlarni bildiradi, bunday ortiqcha sarf
-
xarajatlar 
ekspluatatsiya jarayonida mahsulot tannarxini pasaytirish orqali erishiladigan 
iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan tartibli ravishda bartaraf etila boriladi, ya’ni 
muntazam ravishda kompensatsiyalanadi. Ikkinchi variant: qurilish kam kapital 
mablag’lar evaziga amalga oshiriladi: K
1
K
2
, lekin bunda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning yillik tannarxi yuqori bo’ladi: S
1
S
2

Eng samardor variantni aniqlashda olib boriladigan hisoblashlar quyidagi 
ketma 
-
ketlikda bajariladi: dastlab ko’rib chiqilayotgan K
1
va K
2
variantlar 
bo’yicha kapital mablag’larlarning farqi aniqlanadi, bu farq birinchi variant 
ko’rsatkichlarini ikkinchi variant ko’rsatkichlari bilan solishtirilganda olingan 
birinchi variant bo’yicha qo’shimcha kapital mablag’larni bildiradi, so’ngra 
mahsulot tannarxini pasaytirish miqdori yoki S
1
va S

ekspluatatsion xarajatlar 
aniqlanadi.
Kapital mablag’lar o’sishining tannarx pasayishiga ko’rsatadigan ta’siri bu 
pasayishning uni yuzaga keltiruvchi kapital mablag’larga bo’lgan nisbati bilan 
aniqlanadi.
 
Bu nisbatni solishtirma iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti deb 
atashadi 
(E)


(6.7) 
 
Bu koeffitsient qo’shimcha kapital mablag’lar har bir so’miga to’g’ri 
keladigan mahsulot tannarxini pasaytirish evaziga erishiladigan iqtisodiy 
samaradorlikni anglatadi. Samaradorlik koeffitsienti qiymatining yo’l qo’yiladigan 
minimal chegaraviy oralig’i sifatida qabul qilinadigan qiymatidan past bo’lagn 
yechim samarasiz deb baholanadi, Ye
m

0,12 qiymat samaradorlik 
koeffitsientining minimal chegaraviy oraliq qiymati sifatida qabul qilinadi, CHetki 
SHimol rayonlari yoki ularga tenglashtirilgan rayonlarda loyihanayotgan yoki 


97 
qurilayotgan ob’ektlar uchun Ye
m
sh 
=0,08. 
Bunday shart – sharoitlarda (6.7) 
formula quyidagi ko’rinishni oladi. 
(6.8) 
Misol.
Yig’ma temirbeton zavodini rekonstruktsiya qilishning maqsadga 
muvofiq ekanligini aniqlash. Zavodning quvvati P
 
= 10 mln. m
3
/yil temirbeton 
elementlari 
ishlab 
chiqaradi; 
mahsulotning 
tannarxi 
S
1
=350 
so’m/m
3

rekonstruktsiyadan keyin mahsulot tannarxi S
2
=310 so’m/m
3
ni tashkil etadi,
K
1
= 0. 
Samaradorlikni hisoblash: zavod 
K
solishtirma
quvvat birligiga to’g’ri keladigan 
qo’shimcha kapital mablag’ni aniqlaymiz.] 
 
 
Samaradorlikning hisoblangan koeffitsienti quyidagini tashkil etadi 
Bundan zavodni rekonstruktsiya qilish maqsadga muvofiq ekanligi kelib 
chiqadi. Zavodni rekonstruktsiya qilishning maqsadga muvofiq ekanligini 
belgilaydigan temirbeton konstruktsiyalarning chegaraviy maksimal qiymati 
quyidagicha aniqlanadi: 
bunda
S

= 350 – (250 x 0,12) = 320 so’m / m



98 
Bir nechta variantlarni taqqoslashda hisoblashlar yaqinlashish metodi orqali 
variantlar juftligi bo’yicha har bir juft uchun eng yaxshi variantni aniqlash yo’li 
bilan olib boriladi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin