64
mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish − oldimizda turgan
eng muhim vazifadir[5; 121-b.].
Davlat organlari faoliyati ustidan barqaror jamoatchilik nazorati tadrijiyligiga
erishish orqali jamiyat qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi? Bu kabi savollarga javob
berish uchun, jamoatchilik nazorati mexanizmlarining
quyidagi ijtimoiy
tomoyillarini kuchaytirish kerak:
Birinchisi,
bugungi kunda davlat va jamiyat rivojlanishining asosiy ijtimoiy-
siyosiy masalalari “davlat-jamiyat” tizimi paradigmasida o‘zaro munosabatlarda
“boshqaruv” va “ta’sir etish” tushunchalari aks etmoqda. Aniqroq qilib aytganda,
yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar
natijasida siyosiy jarayon
asta-sekinlik bilan demokratik davlat va unga mos ravishda to‘la javob beradigan
ijtimoiy siyosat yuritishni talab etmoqda[78; 5-b.]. Bu nimani anglatadi?
Demokratiya − xalqsiz, xalq − qonunsiz mavjud bo‘la olmaydi. Ya’ni
davlatda
demokratik tamoyillar qaror topishi uchun, davlat organlari faoliyati ustidan kuchli
jamoatchilik nazorati o‘rnatilgan bo‘lishi kerak[104]. Chunki, xalq ishtirok etmagan
davlat boshqaruvida demokratiya haqida gapirishning o‘zi mantiqsizlik hisoblanadi.
Shu bilan birga, xalqning davlat ishlarida ishtirok etishi uchun, xalq o‘z huquqini,
majburiyatini, tom ma’noda davlat ishlarida ishtirok etish asnosida jamiyat va o‘ziga
qanday foyda keltirishi mumkinligini bilishi zarur bo‘ladi. Bu jarayonda fuqaroga
qo‘yiladigan birinchi talab – qonunni bilish, undan
foydalanish mexanizmini
tushunish hisoblanadi. Shuning uchun ham jamoatchilik nazoratini olib boruvchi
institutlar
(jamoat birlashmalari, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy
Dostları ilə paylaş: