O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/179
tarix12.10.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#130066
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179
12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955

Bank kreditining maqsadliligi. 
Jahon amaliyotida umumiy biror 
ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank 
tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy 
resurslarga bo`lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o`z ixtiyori 
bo`yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash 
sohasida cheklangan tarzda qo`llaniladi, o`rta va uzoq muddatli 
kreditlashda umuman qo`llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar 
tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar 
beriladi. 
Kreditning 
qaysi 
maqsad 
uchun 
berilayotganligi 
kredit 
shartnomasida ko`rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz 
oluvchi tomonidan faqatgina shartnomada ko`rsatilgan masalani hal 
etish uchun ishlatiladi. (masalan, olinayotgan tovarlar bo`yicha 
hisoblashish, ish haqi to`lash va h.k. uchun) Qarz oluvchi tomonidan 
ko`rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko`rsatilgan 
jarimalar qo`llaniladi. 
Qarz oluvchilarning kategoriyalari. 
O`zining faoliyat doirasiga 
qarab, qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir necha guruhlarga 
bo`linishi mumkin. Masalan, agrar sohada kredit oluvchilar. Bu 
sohaning bo`lishi – maxsus kredit muasasalari – agrobanklarning, 
keyinchalik qishloq xo`jaligi sohalariga xizmat ko`rsatuvchi boshqa 
banklar Paxtabank, G’allabank va boshqa shu turdagi banklarning 
tashkil topishini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Bu banklar 
faoliyatining o`ziga xos xususiyati qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi 
bilan bog’liq bo`lgan mavsumiylikni e`tiborga olgan holda kreditlash 
hisoblanadi.
Banklararo kreditlar – bank kreditining keng tarqalgan 
shakllardan biri. Banklararo kreditning joriy stavkasi ma`lum bir 
tijorat bankning boshqa turlardagi ssudalar berish siyosatini aniqlab 
beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu me`yorning aniq miqdori (hisob 
stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin