Elektr mashinalar vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Birinchi xil
mashinalar mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. Bu
mashinalar elektrgeneratorlar deyiladi.
Bug‘ yoki gaz turbinalari, ichki yonuv dvigatellari (masalan, dizel)
generatorlarni harakatga keltiradigan
birlamchi mexanik energiya
manbayi bo‘lib hisoblanadi. Generatorlar asosan elektr stansiyalarida
ishlatiladi. Elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan
ikkinchi xil elektr mashinalar dvigatellar (motorlar) deyiladi.
Elektr
dvigatellar xalq xo'jaligining deyarli hamma sohasida ishlatiladi.
Generatorlar ishlab chiqaradigan yoki dvigatellar iste’mol qiladigan tok
turi jihatidan o‘zgaruvchan tok generatori yoki dvigateli deyiladi.
Barcha elektr mashinalari qaytuvchanlik xossasiga ega, ya’ni qaytar
jarayonda ishlay oladi. Masalan, elektr
dvigatel generator rejimida,
SINXRON MASHINALAR
generator esa dvigatel rejimida ishlashi mumkin. Quyida o'zgaruvchan
elektr mashinalarining bir turi — asinxron dvigatellarni ko‘rib chiqamiz.
Asinxron motorlar (asinxron dvigatel) elektr energiyasini mexanik
energiyasiga aylantirib beradi. Bu dvigatellar konstruksiyasining
soddaligi, arzonligi, ishda
ishonchliligi sababli sanoat, qishloq xo'jaligi
va xalq xo‘jaligining barcha sohalarida keng qoMlaniladi. Har qanday
elektr mashinalari kabi asinxron dvigatel generator rejimida ham ishlashi
mumkin.
Avvallari asinxron dvigatelning generator rejimida ishlashi iqtisodiy-
texnik
jihatdan maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanar edi. Ammo
keyingi yillarda o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, asinxron mashinalarning
generator sifatida ishlatilishi qator afzalliklarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Hozirgi vaqtda asinxron mashinalar asosan uch fazali dvigatellar sifatida
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: