115
Amaliy topshiriqlar:
Tavsiya etilgan savollar asosida o‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozarani
tashkil etish orqali ularning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash.
Ochiq so‘rovnoma
95
:
1. Sizning fikringiz qanday: komillikka intilishda e’tiqodga ega bo‘lish
qanday ahamiyatga ega?
2. Hadislarda aytilishicha, hech bir inson o‘ziga berilgan umrdan o‘z ixtiyori
bilan voz kecha olmaydi. Bu og‘ir gunoh sanaladi. U holda ayting-cha, jasoratning
yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etib kelinayotgan cho‘pon yigit –
Shiroqning o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etishi nodonlik emasmi?
3. Har bir inson o‘z ideali – o‘zi uchun namuna sifatida tanlagan qahramoniga
ega bo‘lishi zarur. Shaxsan Sizni kimning yoki kimlarning hayoti,
faoliyati yoki
jasorati hayratga solgan, undan namuna olishga undagan?
4. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ko‘chalarning ozodaligi va tabiat
muhofazasi uchun barcha birdek mas’ul. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhitga
mas’uliyatli munosabatni samarali shakllantirish mumkinmi?
5. Qonunlar,
eng avvalo, fuqarolarning huquq, manfaatlarini himoya qilish
uchun ishlab chiqiladi. U holda nima uchun fuqarolar qonunlardan qo‘rqishadi?
6. Vatanparvarlik qahramonlik ko‘rsatishdagina namoyon bo‘ladimi?
Sizningcha, oddiy fuqarolar o‘zlarining vatanparvar ekanliklarini namoyish qila
oladilarmi?
7. Sizningcha, yashashdan maqsad, umr kechirishning ma’nosi nima?
8. Shaxsan Siz qanday hayotiy maqsadlarga egasiz? Hayotda Siz uchun nima
juda ham muhim?
9. Nima deb o‘ylaysiz, xuddi qahramon Shiroq kabi o‘z xalqingiz,
Vataningiz uchun hayotingizni qurbon qilish uchun jur’atingiz yetadimi?
10. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zida
namoyon eta olmagan shaxs
tomonidan topilgan boylik ezgulikka xizmat qilmaydi! Sizningcha, bu fikr
qanchalik to‘g‘ri?
11. Siz qanday qaraysiz,
shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy borliqqa nisbatan
yondashuvi, kiyinishi hamda atrofdagilar bilan munosabati uning ma’naviy-
axloqiy dunyosi haqida yetarlicha ma’lumot bera oladimi?
12. O‘ta bilimli, ziyoli shaxslarning ko‘pchiligini moddiy boylik u qadar
qiziqtirmaydi. Bu holatni Siz qanday baholaysiz?
13. 200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining
yechimini topganligi uchun (2008 yil) Sankt-Piterburglik Georgiy Perelman jahon
matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSh
dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni olishdan voz kechdi. Siz qanday fikrdasiz,
uning bu harakatini ma’naviy jasorat deb baholash mumkinmi?
14. O‘zbek xalqi ongida “moddiy boylik” va “shaxs ma’naviyati”
degan
tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik bo‘lishi mumkin emas, degan
tushuncha qaror topgan? Sizningcha, bu qaror to‘g‘rimi?
95
Usmonboyeva M., Aripova M., Mo’minova D. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. –
T.: “Lesson Pres” nashriyoti, 2019. – 29-30-b.
116
15. Totalitar tuzum davrida fuqarolar ongida “moddiy boylikka erishish
kapitalistik
tuzum sarqiti, axloqli shaxs boylikka ro‘ju qo‘ymaydi” degan
munosabat qaror toptirilgan edi. Siz qanday fikrdasiz, mazkur munosabatni saqlab
qolish kerakmi yoki o‘zgartirish lozimmi?
16. Tasavvur qiling, Sizga juda katta miqdorda moddiy mablag‘ni qo‘lga
kiritish mumkin bo‘lgan ish taklif qilinmoqda. Biroq, bu ishning bajarilishi Sizga
foyda keltirsa-da, jamiyatga zarar yetkazishi mumkin.
Bunday vaziyatda qanday
yo‘l tutasiz?
17. Hadislarda ko‘rsatilishicha, inson har bir so‘zi uchun zakot (mol-mulk va
daromadning 40/1 miqdorida beva-bechoraga beriladigan xayr-sadaqa) to‘lashi
zarur. Buni yoddan chiqarmagan holda “Men xudbinlar, manfaatparastlar, o‘z
xalqiga, Vataniga xiyonat qiluvchilar toifasidan emasman”, deya olasizmi?
18. Yaponiyaliklar uchun mamlakat manfaati fuqarolarning shaxsiy
manfaatidan yuqori qo‘yiladi. Agarda yaponiyalik tadbirkorga
millionlab foyda
keltiradigan loyiha taklif etsangiz, agarda bu loyiha uning o‘zi uchun foyda
keltirib, davlat rivojiga zarar keltirsa, u bu loyihadan so‘zsiz voz kechadi.
Sizningcha, O‘zbekiston fuqarolarining yaponiyalik bo‘lishi
uchun tarbiyani
qanday tashkil etish zarur?
Dostları ilə paylaş: