Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Reyting 
(ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani oldindan 
belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Rivojlanishni bashoratlash
– dinamik xarakterga ega modelning asosiy 
natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab-oqibatli o‘zaro 
bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi 
qarashlar tartiblanadi.
“Sinektika” metodi 
(Uilyam Gordon) – muqobillar (o‘zaro o‘xshash jihatlar)ni 
izlashga xizmat qiladigan metod. Metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 1-bosqich: zarur ob’ekt (mavzuga oid muhim tushuncha) tanlanadi; 2-
bosqich: tanlangan ob’ektning muqobil (o‘zaro o‘xshash jihat)larini topish uchun
ikki bo‘limdan iborat jadval shakllantiriladi; 3-bosqich: jadvalning 1-ustunida 
tanlangan tushunchaga to‘g‘ri muqobil bo‘lgan tushunchalar qayd etiladi; 4-
bosqich: 1-ustunda qayd etilgan har bir tushuncha asosida maqsad, tushunchaning 
mohiyati va noto‘g‘ri muqobillar belgilanadi. 
Sinf 

 
yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar guruhi. 
Sog‘lom oila
– oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi 
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan va o‘zaro 
qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlangan oila.
 
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS;
ingl.
 
“standard” – meyor, 
namuna
)
– uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining 
zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning 
maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini
ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-
metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va 
talablar
135
. Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga 
ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun 
asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni 
shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan 
jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin