223
Tashxislovchi texnika –
pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali
o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar
guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini
amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar
yig‘indisi.
Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) –
tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs
yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va
ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Test metodi
(ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan shaxsning
aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir
ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar
guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda
qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli.
“Tugallanmagan rasmlar” testi
(Ellis Pol Torrens) – testlar to‘plami shaxsning
rasmli topshiriqlarni bajarish orqali fikrlash qobiliyatiga, fikrlarni orginal ifodalash
layoqatiga egaligini aniqlash imkonini beradigan metod.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash (pedagogik tuzatish)
–
o‘quvchi tomonidan qayd etilgan natijalarning ta’lim, didaktik, DTS talablariga
mos kelmasligini bartaraf qilishga qaratilgan pedagogik faoliyatni tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: