O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/102
tarix08.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#131222
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

usuliga ko‘ra 
Axborot ta’minoti
tizimidagi maqomi
bo‘yicha
Tuzilgan 
joyiga 
ko‘ra 
 
Qator (pozitsiya)lar
soniga ko‘ra 
Bir turdagi muomalalarni 
rasmiylashtirish 
bo‘yicha 
To‘ldirish usuliga 
 ko‘ra 
Farmoyish hujjatlari 
Isbotlovchi
Buxgalteriyada 
rasmiylashtiriladigan 
Uyg‘unlashtirilgan 
Dastlabki
Yig‘ma (umumlashtiruvchi) 
Bir martalik 
Jamlama hujjatlar 
Oddiy
Ichki
Tashqi 
Yozuv mashinkasida tuziladigan 
Kompyuterda tuziladigan 
(elektron) 
Qo‘lda tuziladigan 
Unifikatsiyalangan 
Boshqalar 
Ko‘p qatorli 


106 
Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi 
faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks etti-
rish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, faqatgina muomalalarni 
bajarish to‘g‘risidagi farmoyishlar unsuriga ega bo‘lgan hujjatlar uncha ko‘p emas. 
Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik 
ushbu muomala rasmiylashtiriladi.
Bir nechta funksiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash 
(kobinatsiyalashgan) hujjatlarni vujudga keltiradi. 
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni 
rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida 
tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini 
anglatadi. 
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi. 
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni 
rasmiylashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi 
yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi 
funksiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari 
bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham 
birlashtirib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik 
muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda. 
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari 
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish 
va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, 
hisob - kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va 
shu kabilar kiradi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni 
saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash 
vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan 
ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi 
“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi. 
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa 
schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob 
yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash hollarida va hokazolarda tuziladi. 
Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash 
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga 
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi mazkur muomalani 


107 
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad 
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usuli bilan ko‘rsatiladi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish 
mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi 
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir. 
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, 
ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv 
hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi. 
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida 
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat 
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan 
birga ularni schyotlarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi. 
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish 
mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni 
ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar 
ko‘rsatilgan holda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida 
keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning 
ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazolar keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda 
shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda 
xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi. 
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi 
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda 
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari 
birlashtirilgandir. 
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni schyotga yoki qayta 
ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish 
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi. 
Bir hujjatda bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta 
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni 
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va yengillashtiriladi va provardida 
hisob bosma ish qog‘ozlaridagi sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya 
amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan. 
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma 
hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks 
ettiradigan 
hujjatlarga 
aytiladi. 
Ular 
mazkur 
muomalalar 
haqiqatda 
bajarilganligining hisoboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat 
qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi 


108 
tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida 
guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish 
dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitansiyalar va boshqalarni kiritish 
mumkin. Shuningdek kassa kirim orderi – subyekt kassasiga naqd pullarni kirim 
qilishda qo‘llaniladi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin