109
Shundan kelib chiqqan holda, yig‘ma hujjatlardan
muomalalar haqidagi
dastlabki ma’lumotlarni ishlash vositasi sifatida foydalaniladi, desak bo‘ladi.
Muomalalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va
jamg‘aruvchilarga bo‘linadi.
Birgalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta muomalalarni aks
ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan
xususiyatlari shundan iboratki, ular
tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari
uchun ishlatilishi mumkin.
Birgalik hujjatlarga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari,
to‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hakozolar kiritilishi mumkin.
Jamg‘aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada,
oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun
xizmat qiladi. Ular korxonada qisqa vaqt ichida ko‘plab sodir bo‘ladigan
muomalalar bo‘yicha yozib boriladigan hujjatlar sonini
qisqartirish maqsadida
tuziladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlardan bo‘nak hisoboti bu jamg‘aruvchi
hisobotdir.
Undan hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak olingan daqiqidan boshlab o‘tgan
davr ichida qilingan xarajatlar aks ettiriladi.
Boshqa jamg‘aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan, limit-
zabor kartasi, ish
vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar vedomosti va
hokazolardan iborat.
Jamg‘aruvchi hujjatlardan foydalanish sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar
bir oyda bir marta barcha bir turdagi hujjatlarning
umumiy yakuni bilan aks
ettiriladigan hollarda borgan sari keng tarqalib bormoqda.
Ba’zi mualliflar hujjatlarni shuningdek boshqa belgilari, masalan, boshqaruv
funksiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar bo‘yicha ham
guruhlaydilar.
Dostları ilə paylaş: