113
Hujjatlarni mohiyatiga ko‘ra
tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo‘jalik
muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini
aniqlashga aytiladi.
Shaklan tekshirish deb hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi,
barcha
belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va
hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslarning imzolari;
xatolarni tuzatish
hollarida izohning mavjudligini tekshirishga aytiladi.
Bunday tekshirishdan so‘ng hujjatlar arifmetik tekshirishdan o‘tkaziladi.
Arifmetik tekshirishda jamlangan yig‘indilarning to‘g‘riligi, hamda miqdor,
sifat va summaviy ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri aks ettirilganligi aniqlanadi. Birorta
yo‘l qo‘yilgan
xato aniqlansa, hujjatlar ularni to‘lg‘azish uchun javobgar
shaxslarga aniqlik kiritish uchun qaytariladi.
Qarama-qarshi tekshirish – bu bitta hujjatni boshqasi bilan taqqoslab
tekshirish. Masalan, ish haqi bo‘yicha hisoblashuv – to‘lov
vedomosti ish vaqtini
hisobga olish tabeli bilan; kassir hisoboti unga ilova qilingan kirim va chiqim
orderlari bilan va h.k.
Hujjatlar puxta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng
qabul qilinadi va
buxgalteriyada ishlanadi.
Hujjatlarning tekshirilganligi va qabul qilinganligini buxgalter hujjatlarni
qabul qilish reestrining nusxasida o‘zimzosi bilan tasdiqlaydi. Tekshirilgan va
qabul qilingan hujjatlar buxgalteriyada ishlanadi.
Hujjatlarni buxgalteriyada
ishlash quyidagi bosqichlardan iborat:
17-chizma.
Dostları ilə paylaş: