Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Oila va nikoh borasidagi tadbiqiy ishlar
O‘zbekistonda endi shakllanayotgan, lekin nazariy nuqtayi 
nazardan ma’lum an’analarga ega bo‘lgan sohadir. 1998-yilning
Prezidentimiz tomonidan «Oila-yili» deb e’lon qilinishi joylarda 
psixologik xizmat o‘choqlarining paydo bo‘lishiga va bu joylarda 
psixologik xizmatdan foydalanishni anglashga turtki bo‘ldi. Shuning 
uchun Respublikamizda oila muamolarini maxsus tadqiq etadigan 
ilmiy-amaliy “Oila” markazi ham tashkil etilganki, bu markazda turli 
sohaga aloqador mutaxassislar oilani shaxs ijtimoiylashuvining asosiy 
maskanlaridan biri sifatida o‘rganib kelmoqdalar. Mazkur sohada 
ishlayotgan psixolog joylarda yoshlardagi oila va nikoh borasidagi 
tasavvurlarning to‘g‘ri shakllanishidan tortib, toki muammoli, hattoki, 
ajrim bo‘lgan oila a’zolariga psixologik maslahatlar berish, «ishonch 
telefonlari» orqali maslahatlar uyushtirishni o‘z zimmasiga oladi.
Maorif sohasidagi amaliy ishlar
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajriba to‘plangan soha 
bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning 
Milliy dasturi qabul qilingandan so‘ng tashkil qilingan yangi 
tipdagi ta’lim muassasalari – akademik litseylar va kasb – hunar 
kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan


173
tadbiqiy muammolar – bolaning o‘quv jarayoniga psixologik 
jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va 
kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha muammolarni hal 
qilishga «aralashadi».
Huquqbuzarlikning oldini olish
Bu soha va unga aloqador muammolar har doim ham psixolog 
aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar 
shaxsi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, 
motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabelitatsiya masalalari 
ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir 
ko‘rsatishni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar 
o‘rtasida huquqiy – ma’rifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga 
juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim – 
psixologning o‘rni va roli katta bo‘ladi.
Mazkur yo‘nalishning dolzarbligidan kelib chiqib, bugungi kunda 
Respublikamizda huquqbuzarlikning ijtimoiy-psixologik omillarini 
tadqiq etish va uning oldini olish borasida psixologiya fanlari doktori, 
professor B.Umarov, psixologiya fanlari nomzodlari Ye.Agzamova, 
psixologiya fanlari nomzodi G‘.Normurodov, psixologiya fanlari 
nomzodi, dotsent M.Axmedova kabi ko‘plab tadqiqotchilar ilmiy 
izlanishlarni olib bormoqdalar.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin