Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Ehtiyojlar ierarxiyasi (A.Maslou piramidasi)



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ehtiyojlar ierarxiyasi (A.Maslou piramidasi)
6.2.1.-chizma. Ehtiyojlar ierarxiyasi


187
Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga 
bo‘lish mumkin: 
biologik ehtiyojlar 
(fiziologik (tashnalik, ochlik, 
uyqu), jinsiy, moslashuv ehtiyojlari) va 
ijtimoiy ehtiyojlar (
mehnat 
qilish, bilish, estetik va axloqiy-ma’naviy ehtiyojlar).
Shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, ya’ni, 
ular o‘sha jamiyat va muhitdagi qadriyatlar, madaniy normalar va 
insonlararo munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tabiiy 
ehtiyojni olsak, u ham konkret muhitga qarab turlicha harakatlarni 
keltirib chiqaradi. 
Faoliyat motivatsiyalarini o‘rganishda motivlar xarakterini 
bilish va ularni o‘zgartirish muammosi katta ahamiyatga ega. 
Amerikalik olimlar D.Makklelland, D.Atkinson va nemis olimi 
X.Xekxauzenlarning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini 
ta’minlovchi asosan ikki turdagi motivatsiya bor: 
muvaffaqiyatga 
intilish motivatsiyasi 
hamda
 muvaffaqiyatsizliklardan qochish 
motivatsiyasi
. Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi 
motivga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat 
muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan 
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa erishish 
ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Muvaffaqiyatsizlikdan qochish 
motivatsiyasiga tayangan shaxslarda birinchilardan farqli, ishni 
boshlashdan avval nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor 
bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik
yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘xshash holat 
kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir 
muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir 
ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga 
kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan 
so‘ng, uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar 
va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. 
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, 
odamlarga va o‘z-o‘ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi
188
xarakter xususiyatlarini ham belgilab, ularning har bir kishida real 
shart-sharoitlarda namoyon bo‘lishini biror mas’uliyatli ish oldidan 
o‘zini tutishi va muvaffaqiyatlarga erishishi bilan baholasa bo‘ladi. 
Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada 
ijtimoiy 
ustanovka
(inglizcha “attitud”)
hodisasi orqali tushuntiriladi. 
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy obyektlar, hodisalar, guruhlar 
va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan 
tayyorgarlik holati bo‘lib, u bu baho yoki munosabatning aslida 
qachon shakllanganligini aniq anglamaydi (masalan, Vatanimizni 
hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, tijorat ishlari bilan 
shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz 
va hokazo). Inson bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va 
qanday qilib ongida o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan turli 
hissiyotlarni boshdan kechiraveradi. Mana shularning barchasi 
ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir 
inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanib, uzoq muddatli xotirada 
saqlanib, konkret vaziyatlarda ro‘yobga chiqadi. 
Amerikalik olim G.Ollport ijtimoiy ustanovkaning uch komponentli 
tizimini ishlab chiqqan:
1. 
Kognitiv komponent
– ustanovka obyektiga aloqador bilimlar, 
g‘oyalar, tushuncha va tasavvurlar majmui;
2. 
Affektiv komponent
– ustanovka obyektiga nisbatan subyekt 
his qiladigan real hissiyotlar (simpatiya, antipatiya, loqaydlik kabi 
emotsional munosabatlar);
3. 
Harakat komponenti
– subyektning obyektga nisbatan real 
sharoitlarda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan harakatlari majmui.
Shaxsning ongi va o‘z-o‘zini anglash muammolari uning faolligi, 
u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi bilan bog‘liq 
sifatlari orqali bayon etiladi.
Faollik (lotincha “actus” – harakat, 
“activus” – faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha)
shaxsning 
hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi 
kategoriya. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin