Og‘zaki-lingvistik intellekt
sohibi o‘qishni yaxshi ko‘radi,
so‘zlarni o‘zlashtirishi oson, katta so‘z boyligiga ega, ijod etishni
yaxshi ko‘radi. Bunday intellekt shoirlarda, yozuvchilar va notiqlarda
kuchli rivojlangan bo‘ladi.
II.
Mantiqiy-matematik intellekt
hisoblashni va sonlar bilan
ishlashni yaxshi ko‘radigan, mantiqiy masalalar va jumboqlarni
208
yechishni, shaxmat o‘ynashni yoqtiradigan, o‘z tengdoshlariga
nis batan ko‘proq abstrakt darajada fikrlaydigan, sabab va oqibat
aloqalarini tushunadigan shaxslarga xosdir.
III.
Vizual – fazoviy intellektli
odam ko‘rinadigan obrazlar bi lan
fikr yuritadi, xaritalarni, chizmalarni, diagrammalarni matnga nis b a-
tan osonroq o‘qiydi, fantaziyalarga berilishni va san’at bilan shug‘ul-
lanishni yaxshi ko‘radi, yaxshi rasm chizadi, qiziqarli uch o‘lchovli
modellarning konstruksiyasini ishlaydi, o‘qish paytida so‘zlardan
emas, balki illustratsiyadan ko‘proq axborot oladi. Intellektning bu
turi ko‘z bilan ko‘rish tasavvuri, o‘zlashtirishi his-tuyg‘usi bilan
bog‘liq bo‘lgan va predmetlarni ko‘rish orqali eslab qolish qobiliyati
ichki aqliy obrazlarni yaratish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
IV.
Motor-harakatli intellekt
turi yuqori sport natijalarini
ko‘rsatadi; imo-ishoralarni, mimikasini, boshqalarning qiliqlarini
yaxshi o‘xshatadi; narsalarni qismlarga bo‘lishni va qaytadan yig‘ishni
yoqtiradi; ko‘rgan narsalarning hammasini qo‘li bilan tegib ko‘radi;
yugurishni, sakrashni, kurashga tushishni yaxshi ko‘radi, hunarlarga
qobiliyati borligini namoyish qiladi.
V.
Musiqaviy-ritmik intellekt
ning bu turi musiqaga oid
obrazlarni, atrofimizdagi tovushlarni o‘z ichiga olgan holda, bilishga
va ritmni sezishga asoslangan. Bu tur ko‘proq kompozitorlarda,
musiqachilarda, ashulachilar va o‘yinchilarda rivojlangan.
VI.
Dostları ilə paylaş: |