289
xulq-atvorning normativ jihatidan ma’qul bo‘lgan muayyan ijtimoiy
mavqeni egallab turgan har bir kishidan atrofdagilar kutayotgan
namunasi tushuniladi) repertuariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Subyekt o‘qituvchi yoki o‘quvchi, shifokor yoki bemor, katta yoshli
kishi yoki bola, rahbar yoki xodim, ona yoki bola va shu kabi rolni
bajaradi. Har qanday rol mutlaqo aniq talablarga va atrofdagilarning
muayyan orzu-istaklariga javob berishi kerak.
Shaxs muloqotning turli xil vaziyatlarida qoida tariqasida har xil
rollarni bajaradi. Masalan: o‘zining xizmatidagi roliga ko‘ra rahbar
bo‘lib turgan kishi betob bo‘lib qolganda, bemor roliga kirgan holda
shifokorning barcha ko‘rsatmalarini bajaradi; shu bilan birga oilada
u keksa onasining mo‘mingina o‘g‘li rolini saqlab qoladi va hokazo.
Rol mavqelarining ko‘pligi ba’zida ularning to‘qnash kelishiga – rol
konfliktlariga (ziddiyatlarga) sabab bo‘ladi.
Turli xil rollarni bajarayotgan odamlarning hamkorlikdagi
harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Kishi buni istasa-istamasa
atrofdagilar undan muayyan namunaga mos keladigan xulq-atvorni
talab qiladi. Rolning qonday bajarilishi
ijtimoiy nazorat
ostida bo‘ladi,
ijtimoiy jihatdan muqarrar ravishda baholanadi va namunadan salgina
chetga chiqilishi esa qoralanadi.
Dostları ilə paylaş: