127
sentyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining
qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o‘lkasining siyosiy tuzumini belgilash edi.
O‘sha davrdagi manba tili bilan aytganda “Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin
etishga jazm qildi”. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan
nomni quyib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining
bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi.
1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi
bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag‘darib tashlab,
hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan
qurolli to‘qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasini
qamoqqa olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o‘lkadagi butun hokimiyatni
qo‘lga olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga
qat’iy norozilik bildirdilar.
1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan shahar o‘z-o‘zini
boshqarish tashkilotlarining Turkiston o‘lka s’ezdi qatnashchilari hokimiyatni
to‘laligicha bolsheviklar qo‘liga o‘tishiga keskin qarshilik ko‘rsatishdi.
S’ezd
hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyusiyani qabul qildi: “ Turkistonda
hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo‘liga o‘tishi bilan hokimiyat
masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi:
1.Rossiya inqilobi ko‘targan xalqning ozodligi, tengligi, do‘stligi shiorlari ostida
Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon aholisi milliy-
madaniy o‘z-o‘zini boshqarishning barcha huquqlariga ega;
2.Musulmonlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga
bo‘lgan qiziqishi Qur’on va SHariat qonunlaridan o‘zgacha bo‘lishi mumkin emas.
Musulmonlar inqilob natijasida qo‘lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan
Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko‘rsatishi va ularning
Dostları ilə paylaş: