O‘zlashgan qatlam
– o‘zbek tiliga qardosh bo‘lmagan tillardan turli davrlarda
o‘zlashgan so‘zlardan tarkib topadi. Tarixda fors-tojik, arab tillaridan ko‘plab so‘zlar
o‘zlashtirilgan. Keyingi davrlarda rus tilidan so‘z o‘zlashtirish kuchli bo‘lgan.
Tojik tilidan o‘zlashgan
so‘zlar o‘zbek tilining o‘z so‘zlari qatorida turmush
uchun zarur tushunchalarni anglatadi. Masalan,
dastro‘mol, dasturxon, kaft, kift, nay,
dutor, duradgor, paxtakor, serhosil, bulbul, xo‘roz, ohu, pashsha, bel, aft, diydor,
anjir, anor, daraxt, jo‘xori, sabzavot, juvoz, kulol, yog‘, go‘sht, osh, non, javob,
xo‘randa, kamina, atlas, chopon, xona, panjara, anjom, kosa, chirog‘, bemor, betob,
yor, nevara, do‘st, oshno, ohista, tez, bahor, navro‘z, zamin, falak, ombor, saroy,
ohang, kuy, donish, dono, arzon, baho, shahzoda, shoh, jang, sardor, xudo, pir,
mehmon, mezbon, baland, past, ovoz, gap
va boshqalar.
Hozirgi o‘zbek tilida tojikcha so‘zlar bilan birga ularning o‘zbekcha
sinonimlari ham teng qo‘llanib kelinmoqda. Masalan,
buloq(o‘zb.) – chashma(toj.),
yaproq(o‘zb.) – barg(toj.), butoq(o‘zb.) – shox(toj.), manglay(o‘zb.) – peshona(toj.),
oltin(o‘zb.) – tilla(toj.), quyosh(o‘zb.) – oftob(toj.)
kabi.
1
Қаранг: И.Тошалиев. Ўзбек тилида паронимлар ва уларнинг стилистик қўлланиши. Ўзбек тили
стилистикасидан тадқиқотлар.Илмий ишлар тўплами. Т., 1987 йил.
34
Tojik tilidan ot turkumiga oid so‘zlardan tashqari, sifat va ravish turkumiga oid
so‘zlar ham o‘zlashgan:
astoydil, ozoda, otashin, baland, jangovar, dono, kamtar,
puxta, shirin
kabi. Tojik tilidan faqat so‘zlar emas
hech, chunki, yoki, garchi
kabi
bog‘lovchi va yuklamalar;
ba-, be-, bo-, no-, ham-, -kash, -parvar, ser-, -xo‘r, -xush
kabi qo‘shimchalar ham o‘zlashgan:
badavlat, bechiqim, barkamol, boadab, nohaq,
hamfikr, mehnatkash, insonparvar, serunum, oshxo‘r, xushxabar
kabi. Tojikcha
o‘zlashgan so‘zlar oxirida
Dostları ilə paylaş: |