Agrafiya (yunon. A - inkor yuklamasi, grapho - yozaman) nutqdagi turli
buzilishlar natijasida yozuvning izdan chiqishi.
Afaziya (yunon. A - inkor yuklamasi, phasia - nutq) - bosh miya qobig’ining
ayrim qismlarini zararlanishi natijasida nutqining izdan chiqishidan iborat
psixopatologik nuqson.
Vepbal (lot, verbalis – og’zaki) - atama. Verbal nutq – og’zaki
ifodalanadigan nutq.
Identifikasiya (lot. identifisage - tenglashtirmoq) - shaxsning o’zini o’zga
odam bilan emosional va boshqa tomondan tenglashtirishi.
Ichki nutq - nutq faoliyatining ovoz chiqarmasdan ifoda etiladigan alohida
turi.
Kommunkasiya (lot. communio - aloqa, fikr olishuv ma'lumot berish) - til va
boshqa belgilar vositasida axboro berish.
Monologik nutq - bir odamning o’z fikrlarini og’zaki yoki yozma ravishda
ifodalash nutqi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq odamlarning o’zaro bir - biriga ta'sir etishi.
Nizo - o’zaro ta'sir ko’rsatayotgan kishilarning qarama - qarshi qiziqishi.
Nutq - odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishning tarixan tarkib topgan
shakli.
Nutq madaniyati - muloqot jarayonida ma'lum til normalariga asoslangan
holda ma'noli nutqni ifoda etish.
Pantomimika (yunon. panto - mimos - hamma narsaga taqlid qiluvchi)-
inson gavdasining mimika, imo-ishora, intonasiyalar bilan birga uning psixik
holatini, ayniqsa, his – tuyg’ularini ifodalovchi harakatlari.
90
Pedagogik muloqot - o’qituvchining o’quvchi bilan muloqotda bo’lishi.
Refleksiya (lot. Reflexus - aks ettirish) - odam bilimlarining o’z - o’ziga,
o’zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishi.