Tayanch iboralar Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda
to’planishidan iborat psixik holat.
Diqqatning barkarorligi - diqqatning ma'lum obektga uzoq vaqt davomida
mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga
qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki
faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi - diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi
ob'ekta ko’chirish.
Dominanta (lot. dorainans-hukmron) - markaziy nerv tizimining vaqtincha
hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
Orientasiya refleksi (lot. oriens - sharq reflexus - aks etish) - shartsiz
refleksning bir turi, u har qanday yangi qo’zg’ovchi ta'siriga birinchi bo’lib javob
beradi.
Taxistoskop (yunon. tachy tez, skopeo - ko’raman) - qat'iy belgilangan qisqa
vaqt davomida ko’rish qo’zg’atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira,
diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Tush ko’rish - uxlab yotgan odam bosh miya yarim sharlari qobiqidagi ba'zi
nerv markazlari faoliyati natijasida uyqu vaqtida hosil bo’ladigan ma'lum
darajadagi aniq obrazlar.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 1.
Diqqat haqida tushuncha.
2.
Diqqat turlari.
3.
Diqqatning xususiyatlari.
4.
Diqqatning rivojlanishi.
5.
Parishonxotirlik tushunchasining mazmuni.
6.
Jahon psixologiyasida diqqat nazariyalari.
Test topshiriqlari 1.Qaysi qatorda diqqat tushunchasiga to’g’ri tarif berilgan? A) ongimizning muayyan obektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat
psixik holat B) insonning amaliy faoliyatiga kiritilgan bo’lib, ularning
muvaffaqiyatini taminlaydi V) ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil
qaratilishi G) bir vaqtda bir necha obektga yoki faoliyatga taqsimlanishi D)
markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar
faoliyatini tormozlaydi