237
ifodalangan yoqimsiz hissiy ton bilan ajralib turadi. Ko’pincha emotsiyalar
o’zining ta'sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni
hissiy holatlar
stenik
(yunoncha so’zdan olingan bo’lib, kuch degan ma'noni
anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga,
mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag’ishlaydi.
Masalan, xursandchilikdan shaxs "parvoz qiladi", "yulduzni narvonsiz oladi",
kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning
sifatiga aylanadi. Q.Turg’unov lug’atida stenik hisga quyidagi ta'riflar uchraydi:
stenik hislar
- shaxsning hayot faoliyatini kuch-g’ayratining orttiradigan barcha
bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Aksariyat hollarda
xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga
keltiradi.
Ba'zi hollarda emotsiyalar o’zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan
tavsiflanadi. Bunday hissiy holat
astenik
(yunoncha so’zdan olingan bo’lib,
kuchsizlik, zaiflik ma'nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni
bo’shashtiradi, uni xayolga cho’mdiradi, xayolparast qilib qo’yadi. Shu sababdan
favqulotda shaxsdagi befoyda emosional kechinmaga, uyalish, vijdon azobi,
andisha esa qo’rqoqlikka aylanib qolishi xavfi kuchli.
Psixik jarayonlardan ayniqsa, emotsiya o’zining aniq tashqi ifodasiga ega
bo’lishi bilan tavsiflanadi. Emosional o’zgarishlar organizmning tashqi
o’zgarishlarida shu qadar yaqqol ifodalanadiki, biz odamni tashqi ko’rinishiga
qarab, unda qanday xususiyatlar yuz berayotganini, uning xursand yoki xafaligini,
g’azablanganligini yoxud biror narsadan qo’rqib ketganini va shu kabi his-
tuyg’ularning ko’pini aytib bera olamiz. Hissiyotlarning tashqi alomatlari
Dostları ilə paylaş: