264
kechishi mumkin. Ba'zan shunday bo’ladiki, talaba to’satdan o’qishni tashlaydi.
Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, o’lda-
jo’lda qoldirib ketadi.
Kishi o’z harakat, maqsadini yaxshi o’ylamaganda
maqsadga yetishsa,
yordam bera oladigan vosita va usullarni puxta o’ylamaganda, o’zining kuch -
imkoniyatlarini yetarli yoki to’g’ri hisobga olmaganda
odamda belgilangan
maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka
haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto’g’ri, yoki
yengil baho berilganda, unga faqat salbiy tomondan qaraganda shunday bo’ladi.
Kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrash bilan bir vaqtda o’z kuchlariga, o’z
imkoniyatlariga, o’z qobiliyatlariga ishonmaganda odam "ruhi tushib", o’zini
passivlikka qo’l qovushtirib o’tirishga mahkum etadi.
Albatta umuman irodasi
kuchsiz kishilarda shunday bo’ladi. Bunday kishilar irodasining o’smaganligi,
etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi.
Ammo irodali mavjudot bo’lgan odam hayot va faoliyatida jamiyat yoki o’zi
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadidan qaytmasligi ham mumkin. U
iroda kuchiga zo’r berib, to’sqinliklarga qarshi kurashni kuchaytirishi,
qabul
qilingan qaroriga yarasha uzoq vaqt ish ko’rishi mumkin. Barcha to’sqinlik va
qiyinchiliklarga qaramay u zarur natijani qo’lga kiritmoq uchun damba-dam, orada
vaqt o’tkazib zo’r berishi, g’ayratini ko’rsatib ishlashi mumkin.
Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo’lmaydigan
to’siqlar bo’lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo’l, vosita va usullarni
o’zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to’sqinliklarni
bartaraf
qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi
Dostları ilə paylaş: