O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Pedagogika
bilan psixologiyaning o’zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va 
azaliy bo’lib, ularni yosh avlod tarbiyasining zamon talablari ruhida amalga 
oshirishdagi roli va nufuziga xosdir. O’z-o’zidan ravshanki, bunday aloqa hamisha 
ham mavjud bo’lib kelgan va buni ilg’or psixologlar va pedagoglar tushuntirib 
berishga harakat qilishgan. Rus pedagogi va psixologi K.D.Ushinskiy pedagogika 
uchun o’z ahamiyatiga ko’ra psixologiya barcha fanlar ichida birinchi o’rinda 
turadi, deb ta'kidlagan edi. Kishini har jihatdan tarbiyalamoq uchun, - deb qayd 
etgan edi K.D.Ushinskiy, uni har jihatdan o’rganmoq darkor. 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi "Ta'lim to’g’risida"gi qonun 
hamda "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ni amalga oshirilishi ham ikki fan 
hamkorligi va o’zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo’ydi. Milliy 
dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uni chuqur 
bilimlar sohibi bo’lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar 
orasida yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq 
etishda pedagogikaning o’z uslub va qoidalari yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun 
ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish davrlaridagi 
rivojlanish an'analaridan tortib, toki yangicha o’qitish texnologiyalarini bola 
tomonidan o’zlashtirilishi va undagi aqliy qobiliyatlarga nechog’li ta'sir 
ko’rsatayotganligini o’rganish, shu asosda ishni tashkil etish, psixologiyadagi 
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Ayniqsa, 
ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim 
muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda 
o’qitishning eng ilg’or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda 
tutadi.
Tabiiy fanlar
- biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqalar psixik 
jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning 
kechish qonuniyatlarini ob'ektiv o’rganish uchun materiallar beradi. Ayniqsa, bosh 
miyaning hamda markaziy asab tizi-mining psixik faoliyatlarini boshqarishda va 
ularni muvofiqlash-tirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy 
fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot usularidan omilkorona foydalanadi. 


42 
Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug’ma layoqatlari hamda 
orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etganligi sababli unga tabiiy 
layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan o’z 
o’rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi 
fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. Shuning uchun tabiiy 
fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiya fanining predmetini 
mukammalroq yoritishga o’z hissasini qo’shgan.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin