G.Fexner tomonidan
fanga joriy etilganligi ana shu jumladan bo’lib, bu I. M. Sechenovning
"Bosh miya reflekslari kitobi bosmadan chiqqanidan keyin ayniqsa keng tus olgan edi.
Bu kitobda psixik hodisalar ham xuddi odam organizmining boshqa barcha
funksiyalari kabi tabiiy hodisalar ekanligi, ular sababsiz yuz bermasdan, balki nerv
sistemasining reflektor aks etishi faoliyati natijasi ekanligi ko’rsatib berilgan edi.
I.M. Sechenovning reflektor nazariyasi psixologik bilimlarning tabiiy-ilmiy
negizini tashkil etadi. Bu nazariya keyinchalik I.P.Pavlovning shartli reflekslar
haqidagi ta'limotida uning shogirdlari L.A.Orbeli P.K.Anoxin K.M.Bikov,
N.I.Krasnogorskiylarning asarlarida, shuningdek, A.A.Uxtomskiy N.A.Bernshteyn
I.S.Beritashvili va boshqalarning asarlarida yanada rivojlantiriladi. hozirgi paytda
psixologiya fanining tabiiy-ilmiy jihatdan bu xilda asoslanganligi olimlar
tomonidan miya faoliyatining neyrofiziologik mexanizmlari o’rganilayotganligi
hisobiga tobora kuchaytirilmoqda. Shu tariqa psixik faoliyatning murakkab
fiziologik mexanizmlari tizimini tadqiq qilish borasidagi yutuqlar psixologiya bilan
tabiatshunoslik o’rtasidagi aloqalarning aniq natijasi qsifatida yuz beradi.
Hozirgi zamon psixologiyasining asosiy muammolarini tadqiq qilishda
buyuk tabiatshunos
Ch.Darvin tomonidan 1859 yilda yozilgan "Tabiiy tanlanish
yo’li bilan turlarning kelib chiqishi to’g’risida yoki yashash uchun kurashda
qulaylikka ega bo’lgan turlarning saqlanishi" kitobida bayon etilgan evolyusion
g’oyalari juda katta ta'sir ko’rsatadi. Bu g’oyalar jonli mavjudotlar muhitning
o’zgaruvchan sharoitlariga moslashish jarayonida psixikaning rolini aniqlash,
psixik faoliyatning oliy shakllari quyi ancha sodda shakllaridan kelib chiqqanligini
anglash imkonini beradi. Ch.Darvin butun jonzotning evolyusion g’oyasini
hayvonlarda sezgining paydo bo’lishiga nisbatan qo’llashga muvaffaq bo’ladi. U
biologik rivojlanish jarayonida tananing tuzilishidagi va uning ayrim a'zolaridagi
o’zgarishlarga olib keladigan o’sha asosiy omillarni ko’rsatib beradiki, bu
filogenezdagi psixik taraqqiyotning kuchlari bo’lib hisoblanadi. Psixologiyada
Ch.Darvinning hayvonlar psixikasining evolyusiyasi haqidagi g’oyalari ko’pgina
olimlarning va eng avvalo