A.N.Seversov
bilan
V.A.Vangerning
ilmiy ishlarida
rivojlantirildi. Bu hayvonlar psixik faoliyatining turli xil shakllarini, ularning kelib
44
chiqishidan
boshlab
tadqiq
etish
imkonini
beradi.
A.N.Seversovning
tasdiqlashicha, hayvonlarda organizmlar tuzilishi o’zgarmagan holda faqat
ularning xatti-harakatini o’zgartirish yo’li bilan muhitga moslashtirishning
evolyusiyasi bir-biriga qo’shilmaydigan ikki yo’ldan borgan va hayvonot
olamining ikkita tipida o’zining yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan.
Bug’imoyoqlilar turida xatti-harakatning irsiy o’zgarishlari jadal tarzda
evolyusiyalasha boshladi, ularning yuksak taraqqiy etgan vakillari bo’lgan
hashoratlarda esa hayot tarzining barcha ikir-chikirlariga moslashgan g’oyat
murakkab va mukammal instinktiv faoliyatning bu murakkab va mukammal
apparati ayni chog’da o’ta qoloq hamdir, hayvonlar muhitning tez o’zgarishlariga
moslasha olmaydilar. Xordalilar turida evolyusiya boshqa yo’ldan boradi,
instinktiv faoliyat juda katta yuksaklikka erishmasa, ham lekin xatti-harakatni
individual tarzda o’zgartirish orqali moslashuv jadalroq rivojlana boshladi va
organizmning
o’zgaruvchanligini
juda
ham
oshirib
yuboradi.
Irsiy
moslashuvchanlik ustida xatti-harakatning individual tarzda o’zgaruvchanligidan
iborat ustqurma paydo bo’ladi.
Shunday
qilib,
evolyusion
ta'limot
xulq-atvorning
irsiyat
bilan
programmalashtirilgan instinktiv shakllarining ham hayot kechirish davomida
shartli reflekslar murakkab tizimining paydo bo’lishi natijasida orttiriladigan
shakllarining ham kelib chiqishini tushuntirib berish imkonini tug’diradi.
Tibbiyot psixologiyasi
asoslarini tadqiq etgan klinisist psixologlar
(V.M.Bexterov, S.P.Botkin, S.S.Korsakov, A.R.Luriya, V.N.Myasishchev va
boshqalar) tadqiqotlarining kishi xulq-atvorida psixikaning qanday rol o’ynashini
aniqlashdagi o’rni kattadir. Psixologiya va tibbiyotning tutashgan joyida bo’lgan
tibbiyot psixologiyasi psixologiya fanining yutuqlarini kasalliklarning oldini olish
bilan bog’liq masalalarni o’rganishda qo’llab kelayotir. Kasallikning zo’rayishi bir
tomondan psixik omillarga (tushkunlikka berilish vasvasaga tushush, hadiksirash
va shu kabilarga) bog’liq bo’lsa, ikkinchidan dardning o’zi ham, jumladan
terapevtik muolajaning samaradorligini pasaytirib yuborishi mumkin bo’lgan
alohida psixik holatlarni keltirib chiqaradiki, bu hol vrach va psixologning kuch-
g’ayratlari birlashtirilishini zarurat qilib qo’yadi. Shu bilan barobar miya
qobig’ining ba'zi bir joylari, masalan, chakka qismi lat yeganda psixikaning
buzilishini klinik-psixologik tadqiq qilish natijasida idrok va xotiraning
qonuniyatlarini tushunish imkonini beradigan yangi ma'lumotlar olindi. Psixolog-
klinisist bemorning og’zaki yoki yozma nutqi psixologik jihatdan buzilishi
xususiyatlarini aniqlab, dardning manbai kishi bosh miyasi katta yarim sharlarining
muayyan bo’lmasida ekanligini qayd qiladi va bu bilan neyroxirurgiyaga yordam
beradi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, psixologiya tibbiyot,
tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bir-birini nazariy va
amaliy bilimlar bilan boyitib boradi.
Umumiy psixologiyani bu sohalar bilan bir qatorda qo’yish noto’g’ri chunki,
umumiy psixologiya inson ruhiyatining umumiy qonunlarini turlarini metodologik
va nazariy tamoyillari asosida o’rganish bilan shug’ullanadi.
45
Albatta, bugungi kunda psixologiya fani ko’plab fanlar bilan uzviy
bog’liqdir. Buni psixofizika, psixofiziologiya, psixolingivistika, matematik
psixologiya va hokazolar misolida ko’rish mumkin. Akademik
Dostları ilə paylaş: |