O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

B.M.Kedrovning
klassifikasiyasi bo’yicha barcha fanlar 3 guruhga bo’linadi: gumanitar, falsafiy va 
tabiiy fanlar. Psixologiya faniga to’xtaladigan bo’lsak: B.M.Kedrov fikricha, bu 
katta uch guruhdan fanlar tizimida psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon 
bo’ladi, hamda u inson psixik faoliyatini tabiiy- tarixiy va ijtimoiy tomonini 
o’rganadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari 
Psixologiya fanining rivojlanishi qator bosqichlarni o’z ichiga qamrab olib
bu davrlarda samarali tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan tadqiqot ishlarini 
samarali bo’lishi uchun fan doirasida tamoyillarni ishlab chiqish uchun zarurat 
sezila boshladi. Bu boradagi ishlar Amerika va boshqa chet el psixologiyasi 
yo’nalishlari namoyondalari tomonidan ilgari surildi. XX asr boshlarida 
bixeviorizm, freydizm yo’nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm yo’nalishi 
hayvonlarda o’tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo’lib, uning 
namoyondalari 
E.Torndayk va Dj.Uotsonlar
hisoblanadi. 
"Bixeviorizm"
ingliz 
tilida "xulq-atvor" degan ma'noni bildiradi. Bu oqim psixika va ongni inkor qilib, 
xulq bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni 
taklif qiladi. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo’zg’atuvchi), 
ya'ni sezgi a'zolariga ta'sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga o’q otish, unga qanday 
javob reaksiyasi bo’lishini, yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug’dirishini 
oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi 
"S -> R"
dir. 
Freydizm
yo’nalishiga venalik psixiatr 
Z.Freyd
asos solgan. Uning 
fikricha, odam mohiyatiga ko’ra hayvonga o’xshaydi. Odamning xulq-atvori va 
xarakatlari ikkita tamoyilga: 
rohatlanish va reallik
tamoyiliga bo’ysundirilgan 
bo’ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi Z. Freyd o’zining psixologik 
nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga 
aylantirib, qarb mamlakatlarida katta e'tibor qozondi.
1923-yilda psixologlarning birinchi yig’ilishida 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin