Oligofrenopsixologiya - miyaning tug’ma kamchiliklari tufayli paydo
bo’ladigan bo’limlarni o’rganadi.
Surdopsixologiya - eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo’lgan
bolalarning
rivojlanishini o’rganadi.
Tiflopsixologiya - ko’rish qobiliyati past yoki umuman ko’rmaydigan kishi
faoliyatini o’rganadi.
Qiyosiy psixologiya -hayotning filogenetik shakllarini o’rganuvchi
psixologiya sohasi bo’lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali
o’xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori
darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng
yuqori cho’qqiga erishish xususiyatlarini o’rganadi.
Inson va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o’rganuvchi psixologiya sohalari. 1.Ijtimoiy psixologiya - uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi
shaxslararo o’zaro tasir jarayonida paydo bo’ladigan psixologik hodisalarni
o’rganadi.
2.Differensial psixologiya - shaxs shakllanishining individual psixologik
yo’naltirilganligi kabi xususiyatlarni o’rganadi.
3.Din psixologiyasi - inson ongiga diniy qarashlarning tasiri masalalarini
o’rganadi.
4.Etnopsixologiya - inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter,
milliy tuyg’u, milliy g’oya, o’z-o’zini anglash, etnik stereotip, ularning
qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o’rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi - bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda
inson tomonidan - boshqarishning psixologik tomonlarini o’rganadi.
6.Marketing psixologiyasi - yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlab
chiqarish korxonalari va firmalarni boshqarishni va ular faoliyatini tashkil
etishning psixologik muammolarini tadqiq qiladi.