a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni
taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi;
b) aviasiya psixologiyasi - uchishga o’rganish jarayoni va uchish moslamalarini
boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o’rganadi;
v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan
vaqtda va organizmga juda ko’p ortiqcha ta'sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy
zo’r berish bilan bog’liq bo’lgan alohida holatlar tug’ilganda odam faoliyatining
xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogik psixologiya -uning predmeti o’quvchilarga ta'lim-tarbiya
berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganish, o’quvchilar tafakkurini taraqqiy
topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o’zlashtirish jarayonini
boshqarish
masalalarini
o’rganadi.
Pedagogik
psixologiya
bo’limlari
quyidagilardir:
a) ta'lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o’qituvchi psixologiyasi; Tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyatining va bemor xulq-atvorining
psixologik jihatlarini o’rganadi. Uni quyidagi tarmoqlari mavjud:
a) neyropsixologiya - psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilishlar
o’rtasidagi nisbatni o’rganadi;
b) psixofarmakalogiya - dorivor moddalarning shaxs ruhiy holatiga ta'sirini
o’rganadi;
v) psixoterapiya - bemorni davolash uchun ruhiy ta'sir vositalarini o’rganadi;
Yuridik psixologiya -xuquq tizimi bilan bog’liq bo’lgan psixologik
masalalarni o’rganadi.
Uning quyidagi tarmoqlari mavjud .
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy
xususiyatlarini tahlil qiladi;