O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

ko’nikma
deyiladi.
Malaka turli yo’llar bilan ko’rsatish, tushuntirish, ko’rsatish va 
tushuntirishni qo’shib olib borish orqali hosil qilinishi mumkin.
Har bir ko’nikma va malaka odamning o’z tajribasida avval egallab olgan 
malakalari asosida yuzaga keladi va amal qiladi. Malaka, ko’nikmalarning 
ayrimlari kishining ko’nikma hosil qilishiga va malakali ishlashiga yordam beradi, 
boshqa birlari halaqit beradi, uchinchilari, yangi ko’nikmalarni o’zgartirib boradi. 
Bu hodisa psixologiyada malakalarning o’zaro ta'siri deyiladi.
Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta'siri 
malakalarning ko’chishi yoki 
malakalar induksiyasi
deb ataladi. Masalan, 
matematika darsida hosil bo’lgan ko’nikmani, fizikada qo’llash mumkin.
Faoliyatning yana bir qismi odat bo’lib, ko’nikma malakalardan hech qanday 
samara yoki natijaga ega emasligi bilan ajralib turadi. Odatda odam tomonidan 
beixtiyor, ongsiz tarzda muayyan maqsadga yo’naltirilmagan holda amalga 
oshiriladi. Ba'zi hollarda odatlar shaxs tomonidan nazorat qilinishi mumkin, lekin 
har doim ham aqlli va kerakli harakatlar bo’lmasligi mumkin. 
Faoliyatning asosiy turlari 
Odamlarning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va
taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida 
taraqqiyotning asosi hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.
Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam 
shaxsini tarkib toptiradi. Odamlarda har xil turdagi faoliyatlarning paydo bo’lishi 
va taraqqiyoti juda ham murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayon. Bolaning 
faoliyati uning kamoloti davomida faqat asta-sekin ta'lim va tarbiyaning ta'siri 
ostida ongli maqsadga mos faoliyat shaklini egallab boradi. Inson faoliyati asosan 
uch turga bo’linadi: o’yin, mehnat, ta'lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola 
shaxsining tarkib topishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
O’yin. 
Bola bir yoshga to’lgandan boshlaboq unda faoliyatning sodda 
shakllarini egallash uchun shart-sharoitlar yuzaga kela boshlaydi. Bunday shart-


73 
sharoitlardan birinchisi o’yindir. O’yin faoliyatini hayvon bolalarida ham uchratish 
mumkin. Hayvonlarning yosh bolalarida kuzatiladigan o’yin faoliyatiga har xil 
narsalar bilan shug’ullanish, yolg’ondakam urishishlar, yugurishni va shu kabilarni 
kiritish mumkin. Bolalarda ham o’yin ularning faoliyatlarini, faolliklarini amalga 
oshirish shaklidir. Sof holdagi o’yin faoliyatini yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj 
bo’lsa, uning manbai tahlid va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, 
harakatli, didaktik mazmunli o’yinlarni o’ynaydilar. 
O’yin narsa va hodisalarning mazmunini bolaning o’z tajribasida bilib 
olishga, mazkur mazmunlarni ishlata bilishga mashq qildiradi. Bolaning shaxsiy 
sifatlari boshqalar bilan munosabatlarda tarkib topib boradi. O’yin faoliyatida bola 
ijtimoiy voqelikni taqlid, rol orqali ijro etishga harakat qiladi va shu yo’sinda atrof-
muhit to’g’risidagi, ijtimoiy turmushdagi shaxslararo munosabatlarni o’zlashtira 
boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So’z bilan 
harakatning birikuvi natijasida o’yin faoliyati tusini oladi va muayyan ma'noda 
axborot berish, uzatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastlabki o’yin aynan kattalar 
xatti-harakatini takrorlash, ularga taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar 
borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u yoki bu tomonlarini 
egallashga harakat qiladi.
O’yin dastavval bola uchun vaqt o’tkazish, uni mashg’ul qilish funksiyasini 
bajarsa, keyinchalik ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot namunalarini ifodalash darajasiga 
o’sib o’tadi. Rollar, ma'noli harakatlar, ibratli imo-ishoralar, tushunchalar bola 
shaxsini shakllantirishda faol ishtirok etadi. Bola tug’ilgandan to maktab 
ta'limigacha uning uchun o’yin faoliyati yetakchi faoliyat rolini bajaradi, 
shuningdek o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin. 
Ta'lim faoliyati o’yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu 
faoliyatning maqsadi ma'lum axborotlarni, bilimlarni, harakatlar va amallarni 
o’zlashtirishdan iboratdir. Odamning o’z maqsadiga ko’ra batamom o’rganish va 
o’zlashtirishdan iborat bo’lgan mana shunday maxsus faoliyati ta'lim faoliyati 
deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta'lim faoliyati o’z ichiga quyidagi 
jarayonlarni oladi: ma'lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish uchun ob'ektiv olamning eng muhim xususiyatlariga doir 
axborotlarni o’zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana shu 
faoliyatni, ya'ni bilimlarni o’zlashtirishda yuzaga keladigan usul va operasiyalarni 
egallash, bu jarayonlarning mahsuloti malaka va uquvlardan iboratdir. Ta'lim 
faoliyatining tarkibi juda ham murakkab bo’lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, 
odatlar, uquvlar kiradi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin