O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Muloqotning interaktiv tomoni deganda



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/379
tarix11.11.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#132195
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   379
хайдаров, халилова 2009 умумий психол(1)

Muloqotning interaktiv tomoni deganda
, birgalikdagi faoliyatni tashkil 
etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta'sir o’tkazishi 
tushuniladi. Kommunikasiya orqali odamlar birgalikdagi faoliyatni tashkil etadilar. 
Umumiy faoliyatda ishtirok etar ekan, odamlar bir-birlariga ta'sir ko’rsatadi. 
Shuning uchun o’zaro ta'sir birgalikdagi faoliyatning tashkil etilishi sifatida 
tushuniladi.
Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud.
o
Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning o’ziga tegishli 
qismini bajarishi (masalan shanbalikdagi ish) 
o
Umumiy vazifani bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan 
bajarilishi (masalan konveyerdagi ish) 
o
Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o’zida umumiy 
faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi (masalan, futbol jamoasidagi ish). 
Odatda muloqot jarayonidagi o’zaro ta'sirning ikki xil turi ajratiladi

a) kooperasiyaga asoslangan o’zaro ta'sir
- kommunikativ jarayon 
ishtirokchilarinng umumiy maqsad yo’lida o’z kuchlarini birlashtirishdan iborat. 
Kooperasiyalarning bir necha turi farqlanadi. 
avtomatik 
(instinktiv- biologik darajada mavjud bo’ladi),


86 
avtomatik 
(tarkib topgan ijtimoiy me'yorlar bilan an'ana va urfodatlar bilan
taqozolangan bo’ladi)
spontan 
(do’stlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan taqozolangan 
bo’ladi)
direktiv
(majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud bo’ladi)
shartnomaviy 
(rasmiy kelishuvlar bilan taqazolangan bo’ladi). 
koorperasiya-
birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementi. 
b)Raqobatga asoslangan o’zaro ta'sir
- kommunikativ jarayon 
ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o’zaro kurash 
sharoitida bir-biriga ta'sir ko’rsatishdan iborat. Bunday o’zaro ta'sirda 
tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo’ladi. Shunday bo’lsa-da u 
koopersiya bilan ma'lum darajada bog’liqdir. Chunki raqobat davomida ham 
muayyan qoidalar o’rnatilishi talab etiladi. Aks holda o’zaro kurash urushga 
aylanib ketishi mumkin. Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. 
Nizo
- muloqot 
ishtirokchilarining har biri muhim bo’lgan muammoni hal etish vaqtida ular 
o’rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish
jarayonidir. 
Muloqot jarayonida nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi


Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   379




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin