O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi


 Psixologiya institutlari ilmiy faoliyatining xarakteristikasi (Sport



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/107
tarix11.11.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#132299
növüУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
U.Fayziyeva, N.Jumayeva. Umumiy psixologiya. 2021 yil

4.2. Psixologiya institutlari ilmiy faoliyatining xarakteristikasi (Sport 
federatsiyalari, olimpiya zahiralar kolejjlari, ilmiy muammoli 
laboratoriyalari). 
Mamlakatdagi iqtisodiy-iijtimoiy islohotlarning samarali bo„lishini taminlash, 
ishlab-chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo„g„inlarida inson omilidan 
foydalanish, har bir ijtimoiy shaxs imkoniyatlarini to„la-to„kis yuzaga chiqarish 
masalasi O„zbekiston psixologlari oldiga amaliy psixologiya bilan bog„liq quyidagi 
vazifalarni amalga oshirish mas‟uliyatini yukladi: 

aholi o„rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator 
tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish; 

har bir shaxs imkoniyatini jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni 
O„zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsixologik tamoyillariga 
moslashtirilgan eng ilg„or testlar, metodikalar, asosida o„rganish, tahlil qilish va bu 
borada tegishli xulosalar chiqarish; 

xodimlarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga 
yo„naltirishda ma‟muriy tashkilotlarga ko„maklashish, shuningdek barcha 
bo„limdagi rahbar xodimlarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 


27 
talabiga mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli 
“ijtimoiy psixologiya” kurslarini tashkil etish; 

fuqarolarning kasbiy yo„nalishlarini aniqlash va mehnat birjalari 
faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko„rsatish. 
Amaliyotchi psixologning faoliyatidagi vazifalar quydagilarni o„z ichiga 
oladi: 
1. Psixolog o„z faoliyatini O„zbekiston Respublikasi hukumatining xalq 
ta‟limi sohasi bo„yicha qabul qilingan normativ va instruktiv hujjatlariga amal 
qilgan holda amalga oshirishi shart. 
2. Oliy o„quv yurtining psixologiya sohasini bitirganligini yoki amaliyotchi 
psixologlar tayyorlovchi qisqa muddatli (qo„shimcha mutaxasislik beruvchi) 
maxsus kurslarni (kamida 1000 soatlik) bitirib, psixolog mutaxassisligini 
olganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo„lishi kerak.
3. Psixologiya fanining eng so„nggi yutuqlardan xabardor bo„lishi, bolalar 
psixologiyasi, pedogogik psixologiyani, amaliy psixologiyani chuqur bilish shart. 
Diagnostik, psixoprofilaktik, rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlarining 
hozirgi zamon ilmiy asoslangan metodlari bilan qurollanishi, xalq ta‟lim tizimida 
doimo o„z malakasini oshirib borishi kerak. 
4. Muomolarni muhokama qilishda va qaror chiqarishdan kasbiy vakolat 
chegarasidan aslo chiqmaslik kerak. 
5. Shu sohaning mas‟ul mutaxasislari tomonidan ishlab chiqarilgan qoidalarga 
rioya qilgan holda ko„rsatmalar va tavsiyalarni qat‟iy bajarish shart. 
6. Barcha psixologik masalalarni hal qilishda o„quvchi manfaatidan, ijtimoiy 
tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur. 
7. Olingan ma‟lumotlar sinaluvchining shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni 
qurshab turgan muhit a‟zolari tahlikaga tushmasliklari uchun diagnostik va 
korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash. 
8. Ma‟muriyat o„qituvchilar ota-onalar bilan uzviy aloqada faoliyat ko„rsatish. 


28 
9. Bog„chada, maktabda o„tkaziladigan tadqiqot maqsadi mohiyati, vazifasi 
va natijalari yuzasidan pedogogik kengash, ma‟muriyatga ma‟lumot berish 
maqsadga muvofiq. 
10. Ma‟muriyatga, pedogogik kengashga o„quvchilarga individual 
yondashishni ta‟minlovchi imkoniyat, ularni hal qilishning psixologik shartlari, 
ta‟lim-tarbiyadagi nuqsonlarning oldini olishning omillari, yo„llari yuzasidan zarur 
yordam ko„rsatish. 
11. Bolalar va o„quvchilarning alohida muamolarini hal qilishda yordam 
berish.
12. Ota-onalarni tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda maslahatlar berish, 
muayyan holatlarini birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar berish.
13. Ota-onalarga farzandlarining tibbiy yordamga muhtojligi yoki boshqa 
muassasalarga murojat qilish lozim ekanligini yuksak pedogogik odob bilan 
tushuntirish, berilayotgan ko„rsatmalarga ularni ishontirish.
14. Barcha qoidalarga va tasdiqlangan hujjatlarga rioya qilgan holda 
o„tkaziladigan barcha ishlarni qayd qilish va belgilash.
15. O„z faoliyatini natijalari yuzasidan yuqori tashkilotlarga o„z muddatida 
axbarot berish, qabul qilingan hisobot shakllariga hech og„ishmasdan rioya qilish.
16. Barcha maktablarda maxsus talablarga javob beradigan darajada 
jihozlangan psixologik xizmat xonasi bo„lishi maqsadga muvofiqdir . 
17. Amaliy psixologlar seminarlari, anjumanlarida faol ishtirok etish.
18. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ijtimoiy psixologik axloq-
odob qoidalariga zid bo„lgan tekshirishlar o„tkazmaslik.
19. Bolalar, o„quvchilarni tanlash komissiyasida ishtirok etish.
20. Ijtimoiy psixologik holatlarni o„rganishda mahalliy hokimiyatga yordam 
berish va ommaviy barqarorlashtirishda oldingi safda bo„lish. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin