Printer xotirasi .
Har bir printerda xotira mikrosxemasi mavjud, lazerli va oqimli
printerlarda esa undan tashqari o‘rnatilgan protsessor ham bor. Shuningdek,
printerni – mahsuslashtirilgan kompyuter deb ham atasak bo‘ladi. Printerdagi
xotira bosish vazifasini ma’lumotlarni kiritish uchun bog‘lovchi bo‘lib hizmat
qiladi; u tasvir, shrift va buyruqlarni yaratish jarayonida ma’lumotlarni saqlash
uchun, hamda shriftlarni yozilish va boshqa ma’lumotlarni vaqtincha saqlash
uchun mo‘ljallangan. Lazerli va oqimli printerlar xotirasining hajmi – uning
imkoniyatlarining ko‘zgusi bo‘ladi. Printer xotirada butun betdagi rastrli tasvirni
(grafik tasvirni va shriftni) yaratish, so‘ng uni bosib chiqarish kerak bo‘ladi.
Bosishdan oldin har bir vektorli tasvir va shriftlar konturi rastrda qaytadan
tuziladi. Betlardagi grafik va shriftlarni katta miqdori katta xotira hajmini talab
etadi. Undan tashqari, xotira printerning shriftlarni va betlarning ta’rifi tilini
tushuntiruvchini saqlash uchun kerak. Xotira yetmaganda printer grafika yoki
matnni aralashmasini bosib chiqaradi, grafik tasvirni ikkita qog‘ozga bo‘ladi, bir
nechta shrift ishlatadi yoki hech qanday shriftnibosmaydi.
Oqimli printer. Oqimli birinchi printerni Hewlett Packard firmasi bo‘ladi. Oqimli
printerlarning ishlash uslubi tasvir yoki harf qayerda shakllanishi kerak bo‘lsa,
shu yerda bo‘yoq sachratiladi. Sachratish printer kallagida joylashgan soch
tolasiga o‘xshash sopl orqali amalga oshiriladi. Bu kallakda mikro bo‘lakchlar
kabi sopl orqali o‘tadigan siyohlik lazervuar o‘rnatilgan. Sopllar soni (16 dan 64
gacha) printer rusumi va ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi oxirgi
rusumlarda soplning ko‘proq bo‘ladi. Masalan HP DESCJET 1600 kallagi qora
siyoh uchun 300 sopel va rangli uchun 416 sopelga ega. Siyohni saqlash uchun
ikkita usulmavjuad:
➢
Printer kallagi siyoh uchun rezervuar bilan bog‘liq, rezervuarni
71
almashtirish boshchani almashtirishgabog‘liq.
➢
Printer kallagini siyoh bilan kapillyar tizimi orqali ta’minlaydigan
alohida rezervuar ishlatiladi.