a’zolikni davom ettirish ehtimoli, bu rahbariyatning ushbu
daromadlarning qaysi ulushi tashkilotda xodimning ketishi
mumkin bo‘lgan vaqtga qadar amalga oshirilishi bo‘yicha
munosabatini ifodalaydi.
M atematik jihatdan buni quyidagi tenglamalar bilan
ifodalash mumkin:
AQ = ShQ • X(Q),
E(T) = l-X (Q ),
KNM = ShQ-AQ = AQ • X(K)
bu yerda: ShQ va AQ — kutilayotgan shartli va amalga
oshiriluvchi qiymatlar;
X(Q) — xodimning tashkilotda muayyan m uddatdan
keyin ham qolish ehtimoli;
X(K) — xodimning tashkilotdan ketish ehtimoli yoki
kundalik ko‘rsatkichi;
KNM — kundalik uchun xarajatlarga nisbatan muqobillik.
Bu modelda inson resurslari qiymati ehtimolli birlik
hisoblanadi. Tashkilot uchun bu katta salohiyatli xodim hamma
vaqt ham kompaniya uchun katta n af keltiravermasligi
mumkinligini anglatadi. 0 ‘z tasarrufidagi insoniy resurslar
qiymatini maqbullashtirishga intiluvchi personal bo‘yicha
menejer nafaqat eng qobiliyatli xodim, balki o ‘z salohiyatini
eng ko‘p ishga soladigan nomzodlarga ustuvorlik qaratishi
kerak.
Model shuningdek, insoniy resurslar qiymatining ulaming
qoniqish darajasiga bog‘liqligini tasvirlab beradi. Shuning uchun
qoniqish o ‘lchanishi va tashkilot rahbariyatiga yetkazilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: