kuchli shaxs boshchilik qilgan hollar bundan mustasnodir. Bu
shaxs o‘zini hurmat qilishga majbur etadi.
"Poliz" madaniyati — fransuz korxonalari uchun xos
bo‘lgan andozda. Bu teylorizm prinseplariga muvofiq piramida
(ehrom) tuzilishiga ega. Bunday korxonalar an’anviy bozorda
ustun mavqega ega bo‘lishga intiladi, o‘tmishda sinab ko‘rilgan
andozalardan
foydalaniladi, ularga qisman o ‘zgarishlar
kiritiladi, xolos.
"Fransuz bog‘i" madaniyati — poliz madaniyatining
amerikacha tajriba ostida bir muncha o‘zgartirilgan varianti.
Y irik m a s h h u r k o rx o n a la rd a ta rq a lg a n b o ‘lib, u la r
byurokratlashgan tuzilmaga ega, unda odamlarga tizimning
faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan "Bintchalar"
sifatida
munosabatda bo‘ladilar.
Xodimlami boshqarish umumkorporatsiyaviy tizilmadagi
kichik tizimdan iborat bo‘lib, uning o‘zi murakkab tizim hi
soblanadi. Xodimlarni boshqarish tizimi chet el va 0 ‘zbe-
kistondagi ilg‘or tajribalarga tayanib shakllantirish, foy
dalanish, barqarorlashtirish va boshqarishning o ‘zini (re-
jalashtirish, hisobga olish, baho berish, rivojlantirish)
qamrab
oladi.
Korxona xodimlami shakllantirish (rivojlantirish) alohida
bosqich bo‘lib, bu jarayonda uning innovasiya potensiali va
yanada rivojlanishiga asos yaratiladi. Bu bosqich yangi
korxonaning hayot tarzida nihoyatda muhim hisoblanadi.
Ijtimoiy iqtisodiy va tashkiliy vazifalami o‘z vaqtida va to ‘liq
hal qilishga korxona ishining samaradorligi ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Xodimlar sonining korxonaning
ilmiy asoslangan
ehtiejlaridan ham oz tomonga, ham ko‘p tomonga o ‘zgarishi
mehnat potensialining darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Buning
m a’nosi shuki, xodimlaming tanqisligi ham, ortiqchaligi ham
m ehnat potensialiga bir xilda salbiy ta ’sir k o ‘rsatadi.
C hunonchi xodim lam ing yetishmasligi
ishlab chiqarish
potensialidan yetarli ravishda foydalanmaslik va xodimlaming
haddan tashqari band bo‘lib qolishiga olib keladi. Xodimlami
ortiqcha saqlash esa ularning shaxsiy potensialidan yetarli
foydalanmaslikka sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: