512
GLOSSARIY
Bozor konstitutsiyasi
– bozorda bitimlarni amalga oshirish va unda
muvozanatga erishish imkonini beruvchi xatti-harakatlarning o‗zaro shartlangan
normalari yig‗indisini tashkil etadi.
Byurokratik renta
– bu o‗zining lavozim
mavqeidan noqonuniy tarzda
daromad olish uchun foydalanuvchi davlat amaldori tomonidan olingan daromad
(masalan, pora, sovg‗alar va h.k.).
Byurokratiyaning iqtisodiy nazariyasi
– bu ijtimoiy tanlov nazariyasining
yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, u qimmatbaho ne‘matlarni
ishlab chiqarmaydigan va
daromadlari o‗z faoliyatining natijalarini sotish bilan bog‗liq bo‗lmagan
tashkilotlarning faoliyat ko‗rsatishini o‗rganadi.
Davlat
– bu chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan
belgilangan jug‗rofiy
hududga joylashgan, hukmini amalga oshirishda qiyosiy
ustunlikka ega bo‗lgan tashkilot.
Disfunksiya
–
qandaydir organ, tizim, iqtisodiy institut funksiyalarining
asosan sifat jihatdan buzilishi.
Jamoaviy xatti-harakat xarajatlari
, J.Kommans metodologiyasidan kelib
chiqqan holda, – institutlarni tashkil qilish va ular faoliyatini ta‘minlash xarajatlari.
Ijtimoiy tanlov nazariyasi
– bu ular yordamida insonlar hukumat
muassasalaridan o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanadigan turli usullarni o‗rganuvchi
nazariya.
Institut
– insonlar tomonidan barpo etiladigan va o‗zaro
hamkorlikni
tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy me‘yorlar va qoidalar.
Institut
– bu jamiyat a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni belgilab
beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi.
Dostları ilə paylaş: