D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/88
tarix18.11.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#132945
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

o‘:l
(o‘g‘il), 
o:r
(og‘ir), 
ba:r
(bag‘ir) va boshqalar. 
Shu bilan birgalikda, ayrim o‘zbek shevalarida fonologik vazifa bajarmaydigan 
o‘ta cho‘ziqlik - emfatik cho‘ziqlik ham uchraydi. Bunday cho‘ziqlik Namangan 
shevasida ko‘proq kuzatiladi. Ayniqsa, hozirgi-kelasi zamon shakli sistemali ravishda 
emfatik cho‘ziqlik bilan talaffuz qilinadiki, bu xususiyat Namangan shevasini boshqa 
shevalardan farqlab turadi. Masalan, 
mem b’lme:me:
(men bilmayman), 
sem 
b’lme:se:
(sen bilmaysan), 
u b’lme:d’ 
(u bilmaydi). 
Shunday qilib, unlilarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisi o‘zbek adabiy tili uchun 
relevant belgi bo‘lmasa ham, lekin o‘zbek shevalarida uchrab turadi. Birlamchi 
cho‘ziqlik o‘zbek tilining iqon-qorabuloq
2
shevalariga xos bo‘lib, bu shevalarda 
cho‘ziq-qisqalik fonologik vazifa bajaradi. Ikkilamchi cho‘ziqlik esa deyarli barcha 
shevalarda uchraydi va sintagmatik aspektda hosil bo‘lib, unlini sifat jihatidan 
ma’lum o‘zgarishga uchratsa ham, ammo fonologik qimmatga ega bo‘lmaydi. 
Xullas, o‘zbek adabiy tili unlilari uchun og‘izning ochilish darajasi (keng, o‘rta 
keng, tor) va labning ishtirokiga ko‘ra (lablangan va lablanmagan) belgilari 
farqlovchi belgilar sanaladi. 
Unlilarning boshqa belgilari (nazallik, cho‘ziqlik, qator belgisi) unlilar 
variantlarini tavsiflashda ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha belgilar sanaladi. 
Asosiy belgilar unlilar paradigmatikasiga, qo‘shimcha (fakultativ) belgilar unlilar 
sintagmatikasiga xos hisoblanadi. 
1
Абдуллаев Ф.А. Ўша асар. –Б.47-48
2
Юдахин К.К. Некоторые особенности карабулакского говора. -Ўзбек диалектологиясидан материаллар. Т.1.-Тошкент: Ўзб 
ССР ФА нашриёти, 1957. –Б.32. 


28 
Savollar 
1. Unlilarning uch belgiga va ikki belgiga asosan tasnifini izohlang. 
2. Indifferent unlilarni va konvergentlarni tushuntiring. 
3. Qanday belgilarni asosiy belgilar deb ataymiz? Qo‘shimcha belgilar deb-
chi? 
4. Kenglik-torlik belgisini tushuntiring. 
5. Lablanishlik-lablanmaslik belgisini tushuntiring. 
6. O fonemasining paydo bo‘lishi haqida nimani bilasiz? 
7. Qator belgisi haqida ma’lumot bering. 
8. Nazallik belgisini tushuntiring. 
9. Cho‘ziq - qisqalik belgisini izohlang. 
10. Paradigmatik tasnifni tushuntiring. 
11. Markaziy, relevant va chegara, irrelevant belgilarni aytib bering. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin