bola-chaqa:ni (bola - chaqangni),
chushu:n (tushingni),
ga:sә (olgansan),
ga:mә: (olganman);
1
Shahrisabz shevasida
xә:rәde (hangradi),
tә:lik (tanglik),
d : qotma (dong qotma);
2
o‘g‘uz shevalarida
ma:lay (manglay),
ta:lay (tanglay),
no: (non)
3
va boshqalar.
Nazallik belgisi bir qator o‘zbek shevalarida keng tarqalgan bo‘lsa-da, lekin u
unli fonemalarni farqlovchi belgi bo‘la olmaydi. Faqat qo‘shimcha belgi sifatida
unlilarning variantini hosil qiladi.
Anglashiladiki, nazallik belgisi o‘zbek tilida unlilarning
paradigmatik munosabatida mavjud emas. U faqat sintagmatikada yondosh burun
undoshlarining ta’sirida qo‘shimcha belgi sifatida paydo bo‘ladi.
Cho‘ziq - qisqalik belgisi Turkiy tillarda unlilar miqdoriy belgisiga ko‘ra ham oppozitsiyaga kirishadi.
Bu belgiga ko‘ra unlilar cho‘ziq unlilar va qisqa unlilarga bo‘linadi. Ayrim
adabiyotlarda miqdoriy belgisiga ko‘ra uch darajadagi cho‘ziqlik mavjudligi va
shunga ko‘ra unlilar ham uch guruhga bo‘linishi ko‘rsatiladi: cho‘ziq unlilar, qisqa
(me’yordagi) unlilar va o‘ta qisqa unlilar.
4
Qisqa unlilar odatdagi (me’yordagi) monoftonglar kabi voqelanadi. Cho‘ziq
unlilar esa monoftong holida ham, diftong holida ham yuzaga chiqishi mumkin.
A.M.Shcherbakning ta’kidlashicha, unlilarning cho‘ziqlik va qisqalik belgisiga
ko‘ra zidlanishi oltoy, gagauz, qirg‘iz, tofalar, tuva, turkman, xakas va yoqut tillari
fonologik sistemasida muhim rol o‘ynaydi. Unlilarning cho‘ziqlik belgisi ko‘pchilik
adabiyotlarda birlamchi cho‘ziqlik va ikkilamchi cho‘ziqlikka bo‘linadi. Birlamchi
cho‘ziqlik turkiy tillarning bobotil davridan beri mavjud bo‘lsa, ikkilamchi cho‘ziqlik
har qaysi turkiy tilda turli fonetik o‘zgarishlar ta’sirida o‘ziga xos yo‘l bilan
keyinchalik paydo bo‘lgan.
Xususan, unlidan keyin kelgan undoshning tushishi hisobiga unlining
cho‘zilishi turkiy tillarda keng tarqalgan hodisa sanaladi. Masalan, oltoy tilida