O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/98
tarix24.11.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#133661
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

YAXSHILIK QILISH 
Umuminsoniy axloqiy qadriyatlar orasida yaxshilik qilish fazilati muhim o’rin egallaydi. 
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yodgorligi-“Avesto” da ezgu fikr, yaxshi so’z va yaxshi 
ishlar insoniy fazilat sifatida ulug’lanadi. Islom ta‘limotida boshqalarga yaxshilik qilish 
insonning tabiiy ehtiyoji, vojiboti bo’lishi kerakligi tushuntiriladi, ayniqsa, ota-onalar, ayollar, 
yosh bolalarga yaxshilik qilish juda qadrlanadi.
Ota-bobolarimiz doimo yaxshi niyat, yaxshi orzu-istaklar bilan intilganlar. O’zlaridan 
yaxshi nom qoldirishga intilganlar. “Yaxshilarga-yaxshilik qildim, yomonlarni esa o’z 
yomonliklariga topshirdim” (Amir Temur o’gitlari. Toshkent, “Navro’z”, 1992 yil, 17-bet). 
Kishilarning fe‘l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so’zi ularning xulqiga bog’liq. 
Yaxshi xulq egasi bo’lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla Avloniy yaxshi xulqlar 
qatoriga: fatonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g’ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, 
intizom, miqyosi, vijdon, vatanni so’ymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi 
lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni 
kiritadi. “Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz 
hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi 


kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur” (Turkiy 
guliston yoxud axloq. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil, 16-bet). 
Yaxshilik-ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarning majmuini, inson faoliyati yoki 
biror xatti-harakatiga ijobiy munosabatning yig’indisini aks ettiradi. Yaxshilik-kishining axloqiy 
ongi va axloqiy tajribasida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib, shaxsga va 
jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdir. 
O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’iq holda, 
o’qituvchining yaxshiligi shaklida aniqlik kiritiladi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi 
manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maqsadining birligi, ta‘lim va tarbiyaning samarasi 
uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, 
ota-onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixoh, mehribon bo’lishini taqazo qiladi. Yaxshilik qaror 
topishi uchun pedagoglik jarayonida yomonlikka murosasiz bo’lish yaxshi istak bilan xush 
muomala qilish, yaxshi qiliq, yaxshi xatti-harakatlarning birligi zarur. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin