nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq-ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Og'zaki nutqda fikrni
ixcham ifodalash maqsadida to'liqsiz gaplar keng qo'llaniladi. Nutqning bu turi bir yoki bir necha
kishi tomonidan amalga oshirishida va monologik, dialogik shaklda namoyon bo'ladi.
Monologik nutq - bir kishining boshaqalarga qaratilgan nugqi hisoblanadi va hikoya qilish,
xabar berish, o'qiganni qayta so'zlab berish, o'zi savol berib, o'zi javob berish shaklida namoyon
bo'ladi.
Dialogik nutq - ikki va undan ortiq kishi o'rtasida amalga oshiriladi. Nutqning bu ko'rinishi
o'ziga xos xususiyatlarga ega bu nutq keng jumlalarni talab etmaydi.
Shuning uchun dialotik
nutq tarkibida to'liqsiz gaplar juda ko'p bo'ladi. Bunday nutq tarkibida so'roq va undov gaplar
ham uchraydi.
Og'zaki dialogik nutqda so'z bilan ifodalash qiyin bo'lgan bir qator vositalar: mimika, imo-
ishoralar, ohang ham shunga kiradi. O'qituvchilarda shu vositalarni tarbiyalash muhim
vazifalardan biridir.
Yozma
nutq harflar vositasida, og'zaki nutq esa tovushlar vositasida amalga oshiriladi.
Inson ijtimoiy faol bo'lish uchun ko'pincha og'zaki nutqdan foydalanadi. Og'zaki nutqni, ya'ni
tovushlarni hosil qilishda nutq texnikasining fonasion nafas, tovush hosil hosil qilish va diksiya
kabi elementlari ishtirok etadi. Ularning har biri ustida alohida to'xtalib o'tamiz.
Nafas.
Nafas fiziologik funksiyani, ya'ni inson organizmining hayotiy funksiyasini amalga
oshiradi. Shuningdek, u nutq jarayonini energiya bilan ta'minlaydi. Demak, inson ikki turda
nafas oladi: fiziologik va fonasion nafas.
Fiziologik nafasda havo burun orqali olinib, nafas olish va nafas chiqarish teng hamda bir
tekisda bo'ladi. U quyidagi ketma-ketlikda sodir bo'ladi: qisqa nafas olish, qisqa nafas chiqarish
va pauza.
Fonasion
nafasda qisqa nafas olinadi, pauza va cho'ziq nafas chiqariladi. Chunki tovush
hosil qilish uchun havo oqimi zarur bo'ladi.
Fonasion nafas shakllanmagan bo'lsa nutq jarayonida hapqirib qolish,
yurak urishi
tezlashishi, yuz qizarib ketishi kabi holatlar kuzatiladi.
Nafas olish jarayonida ishtirok etadigan muskullar ishtirokiga qarab nafasni to'rt turga
ajratiladi.
Yuqori nafas - yelka, ko'krak qafasi va o'pkaning yuqori
qismi ishtirokida amalga
oshiriladigan engil nafas turidir.
Ko'krak nafas – qovurg'a muskullari ishtirokida sodir bo'lib, ko'krak qafasini aylanasi
o'zgaradi. Bunda diafragma deyarli o'zgarmaydi.
Diafragmal nafas – ko'krak qafasi hajmining bo'ylamasiga o'zgarishi natijasida amalga
oshadi.
Diafragmal-qorin nafas ko'krak qafasi muskullarining ko'ndalangiga hamda bo'ylamasiga
o'zgarishi, qorin muskullarining o'zgarishi asosida hosil bo'ladi. Shu nafas fonasion nafas uchun
eng qulayi hisoblanadi.
Nutq tovushlari cho'ziq nafas chiqarish jarayonida hosil bo'ladi.
Shu sababli fonasion
nafas va tovush hosil qilish jarayonini takomillashtirishda diafragmal-qorin nafasni
rivojlantiriuvchi mashqlardan foydalanish lozim.
O'qituvchining nafas olishini tartibga solish uchun juda ko'plab mashqlar belgilangan.
Shulardan biri, yerga chalqancha yotgan holda burun orqali uzoq vaqt davom etadigan chuqur
nafas olish yoki shu holatni tik turgan holda qaytarish nafas olish organlarining to'g'ri ishlashiga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: