100
Masalan, bizga doimo: «Ajralib turmang, boshqalar singari bo'lishingiz
kerak!» degan so'zlarni aytishsa, biz beixtiyor jamoatchilik e'tiboridan
qochishni boshlaymiz. Yoki:
"Sizni endi u yoki bu ishingiz uchun hurmat qilishmaydi"
–
degan gap esa
umuman tahlikali tuyuladi. Bu shuni anglatadiki, stereotiplar yordamida
shaxsni yoki bir guruh odamlarni yo'ldan ozdirish, ularni manipulyatsiya
qilish, xatti-harakatlarning ma'lum bir modelini o'rnatish va ularni harakatga
undash mumkin. Salbiy stereotiplar nafaqat to'g'ri hayotiy ko'rsatmalarni
aniqlashga yordam bermaydi, balki odamni boshqa millatlarga, dinlarga,
turmush tarziga, tashqi qiyofasiga, hayot qoidalariga nisbatan dushman
bo'lishiga olib keladi..
2018
yilda Qirg’izistonlik qo’shiqchi Zere “Qiz” qo’shig’iga klip chiqardi.
Qo’shiqda u, keng tarqatilgan va o’rnashib qolgan stereotiplarga qaramay,
qizlarga qanday yashash kerakligini ko’rsatmasliklari haqida kuylaydi
.
Ijtimoiy tarmoqlarda uni qoralagan obunachilar ko’p bo’ldi
:
tashqi ko’rinishi
va kiyimidan boshlab jazolash tahdidlarigacha. Nima uchun insonlar
bunday munosabatda bo’ldi? Chunki qo’shiqchining so’zlari umumiy qabul
qilingan stereotiplarga qarshi edi.
Yuqorida aytib o'tilgan stereotiplarni ijobiy va salbiyga bo'lishidan tashqari
yana bitta stereotipni tizimlashtirish mavjud. Bu muhim va qiziqarli, chunki bu
stereotiplar juda xilma-xil bo'lishi va hayotimizning deyarli barcha sohalariga
singib ketganligini ko'rsatadi. Bu erda qo'shimcha tahdid yotadi: stereotiplar
orqali har bir insonga alohida va umuman jamiyatga ta'sir qilish mumkin. Va
bu erda ushbu ta'sirga qiziquvchilar nafrat so'zlari, tashviqot, manipulyatsiya
va soxta ma'lumotlardan foydalanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: