Sarimsoqov B.,
«Alpomish» eposi haqida uch etyud. «Alpomish» —
o‘zbek xalq qahramonlik eposi» maqolalar to‘plamida. T., «Fan». 1999.
115-bet.
ko‘p o‘tmish hayot belgilari o‘rin olgan bo‘lib, ularni
izohlash natijasida asarning xalq qahramonlik eposi ekani-
ga to‘la ishonch hosil qilamiz.
Dostonda qadimgi dunyoqarash belgilaridan bir qator
namunalar bor. Yoy, o‘q, tush, qo‘riq kabilar fetish (mif
haqidagi mavzuni eslang), ot, tuya, g‘oz kabi hayvon va
qushlar totem tushunchalar ifodasi sifatida aks ettirilgan.
Hakimbek bobosi Alpinbiydan qolgan yoy yordamida
Alpomish nomini oldi. Qadim zamonlarda bolalarga ism
qo‘yish odati bo‘lmagan. Farzand voyaga yetib, bironta
mardlik ko‘rsatganidan keyin ism olgan.
Dostonda Hakimbek qahramonimizning katta mardlik
ko‘rsatguniga qadar bo‘lgan muddatdagi ismi bo‘lib qolgan.
Shuningdek, Qorajon tushida musulmonlikni qabul qiladi.
Agar dostonni e’tibor bilan o‘qisak, bunga o‘xshash juda
ko‘p lavhalarga duch kelamiz. Jumladan, Alpomishga
qo‘riqqa tushgan ot ma’qul bo‘lmaydi. Qayta-qayta qo‘riq
tashlaydi. Har safar bitta ot ilinadi. Alpomish taqdirga tan
beradi. Keyinchalik bu ot (Boychibor) uni ko‘p kulfatlar-
dan asraydi. Alpomish Murod tepaning poyiga yetganida,
shu tepaga otda to‘xtamay chiqishni niyat qiladi. Tepaga
chiqadi, niyati ham amalga oshadi. Ko‘kaman Barchindan
qimiz so‘raydi. Agar Barchin qimiz bersa, unga uylanish
niyati amalga oshishini o‘ylaydi. Barchin qimiz bermaydi.
Ko‘kaman ham niyatiga yetmaydi. Dostonda bunday
qadimiy tushunchalar ko‘p uchraydi. Ular dostonning
boshidan oxirigacha o‘ziga xos fayz bag‘ishlab turadi.
Ammo dostonning bosh g‘oyasi, yaratilishidan nazarda
tutilgan maqsad ancha yirik mezon bilan o‘lchanadi.
Xususan, dostonda yosh avlod vakili Alpomish
tomonidan qilingan taklif — zakot to‘lash Qo‘ng‘irot —
Boysun elini bir-biridan ajralishga olib keladi.
Xalq ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarni chuqur ilmiy
tahlil asosida atroflicha izohlab o‘tirmaydi. Shuning uchun
uzoq kutilgan farzand — Alpomishning mulla bo‘lishidagi
bir belgi «zakot» tushunchasi bilan bog‘lanadi. «Zakot»ni
esa islom dinidagi tushuncha deb qabul qilish to‘g‘ri emas.
Uzoq o‘tmishda umuman soliq yig‘uvchilarni zakotchi deb
atash odati bo‘lganligini hisobga olsak, Alpomish taklif qil-
gan zakotning ma’nosi soliqqa yaqin ekani ravshanlashadi.
Boysarining nutqida ham bu mulohaza takrorlanadi. U
akasining o‘g‘li borligini yuziga solganini, akasiga zakot
berguncha o‘zga yurtda yashagani ma’qulligini aytadi.
Vaholanki, islom dinida zakotdan hech kim voz kechgan
120
emas. Aksincha, Allohning zakot berishga yetkazgani uchun
shukr qilingan. Shunday qilib, Alpomish paydo bo‘lgu-
niga qadar totuv yashayotgan el endilikda bo‘lindi.
Alpomish esa Barchin xati vositasida Qalmoq eliga borib,
o‘zi unashtirilgan qizni olib keldi. Shu bahonada yurtidan
judo bo‘lgan el ona yurtiga qaytarildi. Natijada, Qo‘ng‘i
-
rot — Boysin yurti bitta yurtboshi rahbarligida birlashdi va
hayot kechira boshladi. Shu o‘rinda qadim-qadim zamon-
larda oddiy haqiqat bo‘lgan ikkinchi bir masalani ham
aytish lozim. Gap shundaki, uzoq o‘tmish zamonlarda
biron yurtning mustaqilligi va dahlsizligi u yurtga qaram
bo‘lgan qaysidir mamlakatning boyligi bilan ham o‘lcha-
nardi. Xalq ertaklari va dostonlarida asar qahramonining
biron yurtga qilgan safari o‘sha yurtni o‘ziga qarashli
bo‘lishini xohlashi bilan bog‘liq ekan, bu masalaga alohida
bosqinchilik siyosatini aralashtirish to‘g‘ri emas. Bu o‘rinda
ko‘proq o‘z yurtining mustaqilligini ta’minlash istagi kuch-
li ekanini ta’kidlash ma’qulroq bo‘ladi. Shuning uchun
«Alpomish» ijodkorlari atayin Boysaridagi o‘jarlik xususiya-
tini bo‘rttirib ko‘rsatadilar va shu bilan uning Qalmoq yur-
tida qolishini asoslaydilar. Aslida esa Boysarining o‘zga elda
qolishi Alpomishning ikkinchi safarini asoslaydi. Qizig‘i
shundaki, Alpomish qalmoq eli podshosi Toychixonning
mamlakatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olmaydi. U Boysariga
o‘tkazilgan zulm, o‘ziga nisbatan amalga oshirilgan xiyonat
uchun Toychixonni jazolaydi. Bu yo‘nalish hayotiy mantiq
asosida o‘z yechimini topadi. Jumladan, Tavka oyim ishqi-
da Qo‘ng‘irotdan qalmoq yurtiga borib qolgan Kayqubod
o‘z niyatiga yetib (Tavka roziligi bilan), sevgan qiziga
uylanadi va taxtning qonuniy vorisiga aylanadi. Ayni payt-
da, Alpomish qalmoqlar (Kashal) yurtiga o‘zining odamini
podshoh qiladi. Shu asnoda u go‘yo o‘z yurtining mus-
taqilligi uchun kurashgan bo‘lib chiqadi. Dono xalqimiz
-
ning har bir tadbiriga ana shunday, bir qarashda ko‘zga
ko‘rinmaydigan yechimlar vositasini topish mahoratiga ham
qoyil qolsa bo‘ladi. Alpomishning o‘z yurtiga qaytishi va
Qo‘ng‘irot — Boysundagi adolatsizlikka chek qo‘yishi tabi-
iy bir xulosa sifatida baholanishi mumkin.
«Alpomish» dostonida juda ko‘p lavhalar bir qarashda
ahamiyatsizdek bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida xalq ular vositasi-
da o‘zining turmush tajribalarini ifodalagan bo‘lib chiqadi.
Masalan
, Barchinoydan Alpomishga kelgan xatni Boybo‘ri
berkitib qo‘yadi. Bu bilan Boybo‘rining o‘zi boshlagan
yo‘ldan, ya’ni Barchinga o‘g‘lining uylanishi va Boysunning
121
o‘z vataniga qaytishidan voz kechgani ko‘rsatiladi. Voqea
rivojida Qaldirg‘och hal qiluvchi vazifani bajara boshlaydi.
U Barchinning xatini tasodifan sandiqdan topib oladi va
akasini o‘z qaylig‘ini olib kelish safariga otlantiradi. Bunday
safar xalq qahramonlik eposining asosiy xususiyatlaridan
biri sifatida baholanadi. Alpomish qalmoqlar yurtiga bor-
ganida, Barchinning to‘qson alp oldiga qo‘ygan shartini
bajaruvchilardan biriga aylanadi.
Masalan
, uning Boychibor
oti poygadagi to‘rt yuz to‘qson to‘qqizta otga qo‘shilib,
besh yuzinchi tulpor bo‘lib Barchin uchun boshlangan mu-
sobaqada qatnashadi. Bu bilan xalq Alpomishning ham-
madan baquvvat, hammadan mergan, hammadan afzal
ekanligini amalda ko‘rsatadi. Shuning uchun oti poygada
g‘olib kelganidan so‘ng u yoy tortish, tanga pulni ming
qadamdan urish va to‘qson alp bilan kurash tushish
sinovlarida qatnashib o‘zini ko‘rsatadi. Bu sinov ham
qahramonlik eposi xususiyatlariga mos keladi.
Dostondagi Barchinoy bilan bog‘liq voqealar baxshilar
tomonidan alohida mehr bilan tasvirlangan. U zukkoligi,
tadbirkorligi jihatidan Alpomishdan qolishmaydi. Surxayil
kampirning o‘g‘illari Barchinoyni zo‘rlik bilan xotinlikka
olmoqchi bo‘lganlarida, qiz alplardan birini ko‘tarib yerga
shunday uradiki, polvonning og‘zidan ko‘pik sachrab keta-
di. Shundan so‘nggina alplar Barchinoyga Alpomishni
kutish uchun olti oy muhlat berishga majbur bo‘ladilar.
Barchinoy Alpomishni sevadi. Ammo Alpomish qalmoq
yurtiga kelganida, unga turmushga chiqish shartlaridan voz
kechmaydi. Bu lavhada xalq og‘zaki ijodining yana bir
xususiyati namoyon bo‘ladi: Barchin o‘z sevgilisi —
Alpomishning hammadan ustun ekanligiga va raqiblarni
yengishiga ishonar edi. U butun vujudi bilan hamma
musobaqalarda (Alpomish tarafida bo‘lsa ham) shartlarning
haqqoniy bajarilishini kuzatadi. Birinchi shartning bajari
-
lishida Alpomishning oti Boychibor tuyog‘iga qalmoqlar
mix qoqadilar. Shuning uchun Boychibor azoblanib, yaxshi
yugurolmaydi. Barchin unga murojaat qilib, poygada uning
yutib chiqishi lozimligini aytib yolvoradi. Alpomish
Ko‘kaldosh bilan bellashayotganida, kuchlar teng kelib
qoladi. Yana Barchinoy Alpomishning nafsoniyatiga tegadi-
gan gaplarni aytib, uning kuchiga kuch bag‘ishlaydi. Bu
misollar Barchinoyning o‘z sevgisiga sadoqatli, irodali, tad-
birkor qiz ekanini ko‘rsatadi.
Dostonda Barchinoy Boysarining mehribon farzandi,
Alpomishning sadoqatli yori sifatida mahorat bilan talqin
122
qilingan. Barchinoy otasini sog‘inadi va uni olib kelish
uchun Alpomishni qalmoqlar yurtiga jo‘natadi. Ammo u
yerda Alpomish zindonga tushib qoladi.
Barchinoy Alpomishning qaytishini intizorlik bilan
kutadi. Farzandi Yodgorga mehribonlik ko‘rsatadi. Aql-
idrok bilan ish yuritadi. Ultontozning unga uylanish taklifi-
ni rad qiladi. Nihoyat, Alpomish Qo‘ng‘irot eliga qaytadi va
ular murod-maqsadiga yetadilar.
Dostondagi Qorajon obraziga alohida e’tibor qilishimiz
kerak. Chunki Qorajon makkor Surxayil kampirning o‘g‘li
bo‘lishiga qaramay, doston davomida haqiqatni himoya
qiladi. Surxayil kampir Barchinoyga sovchilikka ketayot-
ganida Qorajon uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. U
Qo‘ng‘irot elidan kelganlarning tinchligini buzmaslikka
harakat qiladi. Biroq Surxayil Barchinoyni aynan unga olib
bermoqchi ekanini bilganidan so‘ng qarshilik ko‘rsatmaydi.
Surxayil o‘g‘li Qorajonni aldab,qo‘ng‘irotliklar oldida uni
uyatga qo‘yadi. Dostonda Alpomishning cho‘ponlar uyida
tunagan paytida ko‘rgan tushini Qorajon ham ko‘radi. Shu
tush lavhasi orqali Qorajonning mehr-shafqatli ekanligi
ta’kidlanadi. Haqiqatan ham, asarning keyingi voqealarida
Qorajon butunlay Alpomish tarafida turib harakat qiladi.
Alpomishning jismoniy jihatdan tengsiz pahlavon ekanini
biladi va u bilan og‘aini tutinib, umr bo‘yi bu ahdga sodiq
qoladi. Hatto akalarini insofga chaqirib, Alpomishga to‘siq
bo‘lmaslikni maslahat beradi. Biroq uning takliflarini alplar
qabul qilmaydilar va kurashda halok bo‘ladilar.
Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Qaldirg‘och edi.
Avvalo, uning ismiga diqqat qilish kerak. Qaldirg‘och
o‘zbek xalqida bahorning elchisi, yurtga baxt keltiruvchi
qush sifatida e’zozlanadi. Alpomishning singlisiga ism
qo‘yishda bu tushunchalar hisobga olingan bo‘lsa, ajab
emas. Qaldirg‘och akasining har bir tadbirini qo‘llab-quv-
vatlaydi, o‘rni kelganda, akasidan faolroq harakat qiladi.
Asarda shunday bir lavha borki, unda Qaldirg‘ochning bir
so‘zligi oqibatida keyingi voqealar davom etadi. Qal
-
dirg‘och sandiqdagi maktubni topib, Alpomishni Barchinni
olib kelishga undaydi. Ammo Alpomish yoshligi tufayli
Qultoydan ot ololmaydi. Chorasiz qolgan Alpomish
Qalmoq yurtiga borishdan voz kechadi. Ana shu paytda
Qaldirg‘och akasining oriyatiga tegadigan gaplar aytadi va
unga dalda beradi. Shundan so‘nggina Alpomish
Boychiborga ega bo‘lib, safarga otlanadi. Ma’lum bo‘ladiki,
dostondagi voqealar rivojining eng nozik nuqtasida
123
Qaldirg‘ochning aralashuvi Alpomishga kuch bag‘ishlaydi.
Dostonni to‘liq o‘qib chiqsangiz, o‘zbek xalqining qadim
zamonlardan buyon o‘ziga xos fazilatlarga ega ekaniga
guvoh bo‘lasiz. Jumladan, dostonda har qanday mushkul
vaziyatda ham inson o‘z aql-idrokini yo‘qotmasligi, biron
qarorga atroflicha mulohaza yuritgan holda kelishi lozimli-
gi uqtiriladi. Insondagi mardlik va jasorat alohida qadrlana-
di, aytilgan so‘zning qimmati yuqori baholanadi. Zero, o‘z
so‘zining ustidan chiqadigan mard insongina bunday fazi-
latlarning qadriga yetishi mumkin.
«Alpomish» dostonining so‘nggi qismlari alohida
diqqatga sazovor. Alpomish o‘z yurtiga qaytgach, darhol
hammaga kelgani haqida jar solmaydi. O‘zini tanitmagan
tarzda butun tanish-bilishlari, qarindosh-urug‘lari bilan
birma-bir uchrashib chiqadi. Shu usul bilan ularning o‘ziga
nisbatan bo‘lgan haqiqiy munosabatlarini bilib oladi.
Alpomish birovlarning yolg‘on-yashiq gaplaridan kelib
chiqib, odamlarga baho berishni istamaydi. Shaxsan o‘zi
-
ning kuzatishlariga ishonib ish yuritadi.
Dostonda insonning ma’naviy qiyofasini belgilovchi
ezgulik, haqiqiy odamlarga mehribonlik, diyonat, chi-
damlilik kabi oliy fazilatlar haqida xalqning fikrlari ifo-
dalanganini ham his etamiz.
Dostonda ijobiy qahramonlarning fazilatlari salbiy
qahramonlar bilan munosabatga kirishganlarida, ularga
qarshi kurashganlarida ravshanroq seziladi. Bu o‘rinda
Boybo‘ri, Ko‘kaldosh va Surxayilni alohida qayd etish
lozim. Xalq tasavvurida yomon xususiyatga ega bo‘lish
uchun albatta bironta odamga yomonlik qilish shart emas.
Inson ba’zan o‘zining hadiksirashi, cho‘chishi, qo‘rqoqlik
qilishi, o‘z so‘zida turmasligi bilan ham yomon odamlar
qatoriga qo‘shilib qoladi. Chunonchi, Boybo‘ri ana shun-
day odamlardan edi. U hech kimni o‘ldirmaydi, birovning
haqini yemaydi, hech kimga nohaq tuhmat qilmaydi.
Ammo u Barchindan kelgan xatni Alpomishga bermaydi.
Alpomishning qalmoqlar yurtiga safar qilishini istamaydi.
Hatto Qultoyga Alpomishga ot bermaslik haqida buyruq
beradi. Natijada, Boybo‘ri maslaksiz, qo‘rqoq bo‘lib qoladi.
U qalmoqlar yurtida azob chekayotgan Barchinning, ukasi
Boysarining, butun xalqning taqdiriga befarq qaraydi. Bu
bilan o‘zining yaxshi odam emasligini ko‘rsatadi.
«Alpomish» dostonining salbiy obrazlaridan biri
Ko‘kaldosh edi. U jismoniy jihatdan baquvvat, kamon
otish, ot choptirishga usta bo‘ladi. Biroq jismoniy jihatdan
124
tengsiz bo‘lsa-da, hech kimga yaxshilik qilmaydi. Aksincha,
Barchinni zo‘rlik bilan xotinlikka olmoqchi va Boysari
mol-mulkiga egalik qilmoqchi bo‘ladi. O‘zining bu
maqsadiga erishishda hamisha ham mardlik yo‘lidan bor-
maydi. U o‘rni kelganda xiyonat, nomardilk qilishga ham
tayyor edi. Avvalo, u to‘qson alpga zo‘rlik ko‘rsatib, ularni
qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Barchinning birinchi sharti, ya’ni ot
poygasi davom etayotganda esa, Qorajonning oyoq-qo‘lla -
rini bog‘latib tashlaydi. Boychiborni so‘yib yubormoqchi
bo‘ladi. Bu taklifi o‘tmagandan keyin ot bechoraning
oyoqlariga mix qoqtiradi. Ammo Boychibor Alpomishga
sadoqatini ko‘rsatib, ancha ildamlab ketgan Ko‘kaldosh
-
ning otiga yetib oladi. Shunda Ko‘kaldosh Qorajonning
yelkasiga musht urib, Boychiborning g‘olib chiqishiga
to‘sqinlik qiladi. Lekin o‘z maqsadiga yeta olmaydi.
Xalq og‘zaki ijodida yovuz kuchlarning ramzi sifatida
ishtirok etuvchi obrazlardan biri yosuman, yalmog‘iz kam-
pirdir. «Alpomish» dostonida ana shunday qora niyatli
obraz sifatida yetti alpning onasi Surxayil yaratilgan.
Surxayil kampir o‘ta makkor, o‘zining yovuz niyatiga yetish
uchun butun aqlini ustalik bilan ishga soladigan razil shaxs
edi. Aslini olganda, Qo‘ng‘irot yurtidan ko‘chib kelgan
Boysari boshliq qabila bilan Toychixon xonlik qilayotgan
qalmoqlar o‘rtasidagi nizoning birinchi sababchisi Surxayil
edi. U o‘z maqsadini yashirincha amalga oshirishga usta
edi. Barchinni o‘g‘illaridan biriga olib berish bahonasi bilan
Boysarining butun mol-mulkiga egalik qilmoqchi bo‘lib,
Toychixondan sovchilikka borishga ruxsat oladi. U qat-
nashgan har bir lavhada ayyorlik, g‘iybat hukm suradi.
Dostonning ikkinchi qismida Alpomishni zindonband qi
-
lishda ham u faol qatnashadi. Boysarini qutqarish uchun
kelgan Alpomish bilan qirq yigitni hiyla bilan mast qiladi va
hammasini o‘ldirtiradi. Keyinchalik Tavka oyimning
Alpomish zindonigacha lahm kovlatganini ham Surxayil
fosh etadi. Qalmoqshohning qo‘ng‘irotliklarga qarshi urush
qilishlarida ham Surxayilning ishtiroki bor edi. Xullas, dos-
tondagi salbiy obrazlarning asosiysi Surxayil kampir edi. U
asarning oxirida Alpomish tomonidan jazolanadi. Xalq dos-
ton vositasida Surxayil, Ko‘kaldosh, Ultontoz kabi munofiq
odamlar albatta o‘z jazolarini olishlari muqarrar ekanini
yana bir bor ko‘rsatib o‘tadi.
125
|