Ushbu yondoshish asosida qurilgan arxitektura –
superskalyar arxitektura
deb
ataldi. 3.12-rasmda beshta funksional blokka ega bo‘lgan superskalyar
protsessorning tuzilishi keltirilgan. Unda buyruqlarni bajarish bloki bo‘lgan C4
bloki tarkibiga qo‘shimcha funksional bloklar kiritish amalga oshirilgan. Bunday
arxitekturadan avval Pentium II, keyinchalik esa Pentium 4 protsessorini qurishda
foydalanilgan.
O‘ttiz ikki razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday ishlashiga oid
muhim jihatlarini Pentium 4 protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. Pentium 4
protsessorining ichki registrlari 3.13-rasmda keltirilgan.
Pentium 4 protsessor tarkibida ham, 16-razryadli Intel 8088 protsessori tarkibida
bo‘lgan barcha registrlar guruhlari mavjuddir. Ushbu registrlarning uzunliklari 16
va 32-razryadga ega. Pentium 4 protsessorining umumiy tayinlanadigan registrlari
Dostları ilə paylaş: