YALTIROQLIGI - mineralga tushgan yorug`lik oqimini orqaga qaytarish
xususiyati. Mineralning yaltiroqligi uning sindirish ko`rsatikichga (p) bog`liqdir u
qo`yidagicha bo`linadi:
metaldek - pirit, galenit;
yarim metaldek - magnetik, il`menit;
metaldek yaltiramaydigan;
A) olmosdek – kassiterit, sfalerit;
B) sadafdek – talk, slyuda;
V) shishadek – dala shpatlari, kaltsit;
G) yog`dek – nefelin, kvarts (sinishida).
Mineral donalaridan tashkil topgan agregatlarning yaltiroqligi donalarning joylanish
formasiga va uning katta – kichikligiga bog`liqdir va u qo`yidagicha bo`ladi:
ipakdek-gips, selenit, asbest;
mumdek-serpentin, xaltsedan;
xira tuproqdek-kaolin, limonit.
MINERALLARNING TINIQLIGI – plastinkalardan nurni o`tkazishga qarab
tiniq tog` xrustali, gips, osh tuzi, va tiniqmas bo`ladi.
SINISHI - mineralni sindirganda yoki bo`lganda hosil bo`ladigan yuza bo`lib, u
qo`yidagicha bo`ladi:
chig`anaqsimon-kvarts;
zirapchasimon - tolali gips, asbest; tuproqsimon - kaolin, limonit.
RANGI – doimiy gidroxromotik va o`zgaruvchan galloxromotik bo`ladi.
Birinchisi minerallarning ichki tuzilishiga va tarkibiga, ikkinchisi esa minerallarning
ichiga kirib qolgan mayin rang beruvchi moddalarga bog`liq.
Doimiy rangli minerallar-yashil xlorit, oq albit, tilla sariq.
O`zgaruvchan rangli minerallarga-kvarts kiradi. Uning turlari oranjviy serdalin
binafsha ametist, qora marion, shaffof tog` billuri, sariq tsitrin, yashil xrizokraz, sutdek
ok rangda buladi.
IRIZATSIY A aldamchi rang - ayrim shaffof minerallarning rangi ba`zan
xilama-xil bo`ladi. Bu tushayotgan nurning ulanish tekisliginng darzlari ichki
yuzasidan qaytishi interferentsiyasiga bog`liq. Masalan, labrodorit ko`k va yashil
bo`lib, opal esa sadafdek tovlanib turadi.
TOVLANUVCHANLIK – mineral yuzasidan boshqa tarkibidagi mayin
mineral pustlarning bo`lshiga bog`liq xalkopirit, bornit.