Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155
Geologiya majmua

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


So`z boshi 
 
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so`ng, foydali qazilmalar 
geologiyasini va zahiralarini o`rganish yanada dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Konchilik 
sohasi talabalariga foydali qazilmalar haqidagi ilk bilimlarni berishda geologiya fani alohida 
ajralib turadi. Geologiya fani “Konchilik ishi” va “Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib 
olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi” bakalavriat yo`nalishida o`qitiladigan asosiy 
kurslardan biri bo`lib hisoblanadi.
Sanoatning biron sohasi yo`qki, unda foydali qazilmalarni tashkil qiluvchi minerallar 
bevosita, yoki qaytadan ishlangan mahsulot sifatida qo`llanilmasin. Masalan-temir ma`danlari, 
metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, temir yo`l, baland inshoatlar, asbob-uskunalar, keng 
iste`mol mollari uchun asosiy manbaa hisoblanadi.
Sanoatning tez sur`atlar bilan rivojlanishida, suyuq mineral yoqilg`i-neft va uning qayta 
ishlangan mahsulotlari katta rol o`ynaydi. Rangli metallurgiya, elektr sanoati, samolyotsozlik 
va boshqa turli tarmoqlarda mis, ruh, qo`rg`oshin, aluminiy, nikel, kobalt muhim ahamiyatga 
ega. Nodir metallar volfram, molibden, sirkoniy, gafniy, niobiy, tantal, germaniy, reniy, kadmiy 
va boshqalarning asosiy iste`molchilari harbiy qurol-aslaha, elektronika, energetika sohalari 
hisoblanadilar. Kimyo sanoatining takomillanishi mineral xom ashyolarga bog`liq. Masalan, 
sulfat kislota oltingugurtga boy temir kolchedani-piritdan olinadi. Bulardan tashqari, sof tug`ma 
elementlaridan tashkil topgan minerallar-oltingugurt, simob, galloid birikmalar selitra, fluorit 
hamda boshqa kimyoviy elementlar-kaliy, natriy, magniy, bor elementlarining minerallari 
kimyoviy preparatlar tayyorlashda qo`llaniladi. Rezina sanoatida oltingugurt, talk, barit va 
boshqalar ishlatiladi. O`tga chidamli mahsulotlar tayyorlashda-asbest, grafit, magnezit 
qo`llaniladi. Bo`yoqchilikda emal va glazurlar (sirlash) tayyorlashda-galenit, sfalerit, barit, mis, 
temir va margimush oksidi minerallaridan foydalaniladi. Yozuv qog`ozlar tayyorlashda talk, 
kaolin, oltingugurt, achchiqtosh, magnizitlar ishlatiladi.
Inson hayotida bezak va qimmatbaho minerallarning ahamiyati katta. Ko`pincha bezak va 
badiiy buyumlar pushti rangli rodonit, rang-barang yashma, marmar, kvargit va boshqalardan 
yasaladi. Keyingi yillardagi atom energetikasi, harbiy sohalarning rivoji radioaktiv 
elementlardan foydalanishning jadal surgatlar bilan o`sishini ta`minlamoqda. 
Shuning uchun ushbu uslubiy qo`llanma nafaqat yer haqidagi fanlar bo`yicha mutaxassislar 
uchun, balki boshqa sohalar uchun ham zarur. Bu o`rinda yakkayu yagona qo`llanma 
hisoblangan A.G. Betextinning mineralogiya kursi 1969 yilda o`zbek tilida tarjima qilingan va 
obyektiv sabablarga ko`ra oxirgi 35 yillik yangi ma`lumotlarni o`zida mujassamlashtirmagan.
Bunday vaziyatni bartaraf etish uchun mualliflar ushbu uslubiy qo`llanmani tayyorlashga 
kirishdi. Uslubiy qo`llanma oliy o`quv yurtlarining konchilik ishi, noyob va radioaktiv metallar 
rudalarini qazib olish qayta ishlash texnika va texnologiyasi ixtisosliklar bo`yicha kunduzgi 
bo`limlarida ta`lim olayotgan talabalar uchun yordam sifatida yozilgan. Kitob ikki qismdan 
iborat bo`lib, uning birinchi qismida asosiy e`tibor minerallarni aniqlash va ularning fizik-
kimyoviy xususiyatlarini o`rganish uchun yo`l ochib beradigan ma`lumotlar berilgan. Shu bilan 
birga, talabalar uchun minerallarning diagnostik belgilari hamda minerallarning fizik-kimyoviy 
xususiyatlari haqida so`z yuritiladi. Bulardan tashqari, ushbu kursning nazariy qismida yer 
qobig`idagi mineral hosil qiluvchi jarayonlar qisqacha ta`riflanadi. Uslubiy qo`llanmani 
tayyorlashda chet ellarda chop etilgan darsliklar qatorida A.G.Betextinning mineralogiya 
kursidan, qator minerallar hamda ekzogen va metamorfogen jarayonlar ta`rifidan to`liq 
foydalanildi.


Kirish 
Ushbu, umumiy gеologiya fanidan amaliy ishlar bo`yicha uslubiy ko`rsatma bakalavr 
yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga Navoiy davlat konchilik instituti 
tomonidan tuzilgan o`quv rеjasi, hamda mavjud namunaviy va ishchi o`quv dasturlar asosida 
tayyorlandi. Qo`yidagi maqsadlar ko`zda tutadi: 

Talabalarga asosiy tog` jinsi hosil qiluvchi va ruda minеral jinslari namunalari bilan 
tanishtirish; 

Talabalarga asosiy tog` jinsi hosil qiluvchi va ruda minеrallari, barcha ginеtik turdagi 
tog` jinslarining fizikaviy-kimyoviy, hamda struktura va tеksturalari to`g`risidagi 
ma`lumotlarni yetkazish; 

Talabalarga tabiatda uchraydigan sof tug`ma elementlar, sulfidlar galloidlar, oksidlar 
va gidrooksidlar sinfiga mansub minerallar bilan tanishtirish, ularni har taraflama o`rgatish, 
tog` jinslari ichidan axtarib bilish va undan qaysi maqsadlarda foydalanishni o`rgatish; 

Tabiatda uchraydigan karbonatlar, sulfatlar, fosfatlar va silikatlarga mansub minerallar 
bilan tanishtirish, ularni har taraflama o`rgatish; 
-
Talabalarga kristallarning singoniyasi, simmetriyasini va ularning cheklovchi 
elementlarini o`rgatish; 
-
Tabiatda uchraydigan magmatik, cho`kindi va metamorfik tog` jinslari namunalari 
bilan tanishtirish. 
Amaliy mashg`ulotlarni bajarishda yuqorida ko`rsatilgan maqsadlarga erishish uchun 
talabalar o`quv mashg`ulotlari davomida gеologiya fanini o`rganishda qo`yidagi asosiy 
nazariy qism bilimlarini puxta egallagan bo`lishlari kеrak. Minеrallarning paydo bo`lishi 
jarayonlari, tuzilishi, kimyoviy tarkibi fizikaviy xususiyatlari, tasnifi. Minеrallarning xalq 
xo`jaligidagi ahamiyati. Tog` jinslari, paydo bo`lishi, gеnеtik turlari, tarqalishi, ahamiyati. 
Tog` jinslarining yoshini aniqlash usullari, gеologik vaqt shkalasi. Tog`larning paydo 
bo`lishi, tog` jinsi qatlamlarini yotish holatlarini o`zgarishi. O`qituvchi nazorati ostida 
talabalar, tushuntirishlar, savol-javoblardan so`ng har qaysi talaba ishni bajarishga kirishadi. 
Amaliy ishlar uchun alohida daftar tutiladi yoki har bir ish uchun aloxida, yozma varog`i 
(300x210) tutilsa ham ruxsat etiladi (bu holda ham Amaliy ishlari varoqlari jamlanib-maxsus 
Amaliy ishlari to`plami ko`rinishida topshiriladi). Bu Amaliy ishlar daftari o`qituvchi 
tomonidan tеkshirilib, tеgishli rеyting bali bilan baholanadi. Talabalar tomonidan 
bajariladigan Amaliy ishlar qo`yidagi qismlardan iborat: 
- asosiy tog` jinsi tashkil qiluvchi minеrallar, rudalarni tashkil qiluvchi minеrallar va ularning 
fizikaviy, kimyoviy xossalari
- magmatik tog` jinslari, ularning tuzilishi, strukturasi, tеksturasi va boshqa xossalari; 
- cho`kindi tog` jinslari, ularning xossalari; 
- mеtamorfik tog` jinslari, ularning xossalari; 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin