Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155
Geologiya majmua

 
Sof tug`ma elementlar 
Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko`pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof 
elementlarning yer qobig`idagi miqdori - 0,1%. 
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, 
grafit, olmos kiradi. 
Oltin Au - 
Asosan nomunofiq donador, varaqsiimon, juda kamchilik hollarda 
kubik kristall shaklidagi sof tug`ma holatda uchraydi. Qattiqligi 2,5–3; zichligi 15,6–
19,0 g/sm

(toza oltinniki – 19,3 g/sm
3
), rangi oltinsimon sariq; chegarasi metalldek, 
sariq; metalldek yaltiroq. Faqatgina «Shox arog`ida» KSN va ozod xlor, brom 
ajraladigan reaktivlarda eriydi. Gidrotermik va sog`ilma konlari asosan ko`plab 
uchraydi. Qimmatbaho metallarga oltindan tashqari sof tug`ma holatda uchraydigan 
platina va kumushlar ham kiradi. 
Ma`lumki oltin asosiy pul va valyuta metallidir. U bezak ishlarida, zebi-ziynat 
buyumlarini tayyorlashda, fizik va ximik asboblar ishlashda, tishni protezlash ishlarida 
va boshqa maqsadlar uchun sarf qilinadi.


Oltingugurt S
–Ko`pchilik xollarda piramida va rombik kristall yaxlit, yersimon va 
kukunsimon massa uchraydi. Qattiqligi 1-2; zichligi 2g/sm
3
, turli xil sariq rangda 
himoyalanadi. Chegarasi deyarli yo`q, sinish yuzasida yog`dek. Yengil eriydi va 
o`zidan oltingugurt SO

ajratib yonadi. Sof tug`ma oltigugurtning asosiy massasi 
organik tarkibi ta`sirida gips va turli oltingugurt birikmalarining qayta shakllanishidan 
hosil bo`ladi.
Sof tug`ma oltingugurt yer qobig`ining faqat eng ustki qismlarida va yer yuzida 
topiladi. U turli yo`llar bilan hosil bo`ladi:
1.
Vulqon harakatlari natijasida uning kraterlarida va jins yoriqlarida yopishib 
qotadi. Hozirgi vaqtda vulqonlar uchraydigan rayonlarda ba`zan solfatlar manbalaridan 
erigan holda yonuvchi suvlar bilan birga chiqadi chiqadi va jarlik soylarda oqimlar 
ko`rinishida qotadi.
2.
Ruda konlari oksidlanish zonasining osti qismlarida metallarning oltingugurtli 
birikmalari, asosan piritning parchalanishidan paydo bo`ladi.
3.
Cho`kindi gips qatlamlarining parchalanishi natijasida hosil bo`ladi. Ko`pincha 
sof tug`ma oltingugurt gips bilan bir paragenezisda uchraydi, gipsning tarqalgan 
joylarida u kristall va kukunsimon massalar bo`lib topiladi. Bunday yo`l bilan hosil 
bo`lgan oltingugurtning ko`pgina massalari hozirgacha aniq emas.
4.
Cho`kish (bioximiyaviy) yo`li bilan orasida gips, qattiq va suyuq bitumlar 
(asfalt, neft) va boshqalar bo`lgan qatlamlardan iborat rasmiy cho`kindi jinslarda hosil
bo`ladi. Bu tipdagi konlar yer sharida keng tarqalgan bo`lib, sanoat uchun katta 
ahamiyatga egadir. Bunda sof tug`ma oltingugurtning asosiy massasi senergetik
yani boshqa cho`kindilar bilan bir davrda paydo bo`lgan bo`lsa kerak. Shunga 
qaramay ko`pincha oltingugurtning atrofdagi jinslar orasida epigenitek yo`l bilan 
paydo bo`lganlari ham topiladi.
 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin