shaklida uchraydi. Qattiqligi 3,5-4; solishtirma og`rligi 4,1-4,3 g/sm
3
, rangi latundek
sariq, ko`pincha ola–bula taraladi. Metalldek yaltiroq, chegarasi
qoraga yaqin yashil
rang. Turli geologik sharoitlarda shakllanadi. Mis rudasi sifatida ishlatiladi.
Galloid birikmalar
Galoid birikmalar sinfiga
ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi.
Bularning
ko`pchiligi ion bog`lanishli birikmalar hosil qilib,
kimyoviy nuqtayi nazardan
qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub
minerallar ftoridlar - fluorit – CaF
2
xloridlar - galit- NaCl silvin -KCL, kerargirit -
AgCL va karnallit - MgCl KCL 6H
2
O.
Galit NaCl
–Grekcha “galos”-dengiz, tuz demakdir. Sinonimlari: tosh tuz (zich
yirik massa bo`lib, tog` jinslari ichida yotgani) va cho`kma tuz (kristallari
bir-biriga
yopishmagan agregatlar bo`lib, sho`r suvli havzalar tagiga cho`kkani). Massasi kristall
singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi-2,5 zichligi 2,1-2,2 g/sm
3
shaffof va rangsiz
kulrang jilovlanadi, sariq qo`ng`ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta`mi tuzdek,
suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Galit mo`rt. Galit suvda oson eriydi.
Ko`pchilik konlari cho`kindi usulida hosil bo`ladi. Galitning
eng katta zapaslari tosh
tuz konlaridadir. Ular turli geologik davrlarda yuzaga kelgan bo`lsa ham eng ko`p
katta konlari perm davri cho`kindilari bilan bo`g`liqdir. Galitning qo`llanilishi juda
ham xilma-xildir. Jumladan u muhim oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash vositasidir. U
xlor kislota, xlor, sodalar, uyuvchi natriy ishqorini va boshqa ko`p birikmalarni olish
uchun ximiya sanoatida keng qo`llaniladi.
Dostları ilə paylaş: