Noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazish va qayta ishlash


Gidrotermal yo`l bilan hosil kristallangan kalsit



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/155
tarix25.11.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#134495
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155
Geologiya majmua

Gidrotermal yo`l bilan hosil kristallangan kalsit
tabiatda keng tarqalgan. 
U kotak-metamorfizm konlarda ohaktoshlarning qayta yozilishi yoki qayta yotqizilishi 
yoki qayta kristallanishi natijasida ancha ko`p miqdorda hosil bo`ladi. Pegmatitlatda u 
eng keyin hosil bo`lgan minerallarning biri bo`lib, shu protsesning gidrotermal 
stadiyasi ekanligini ko`rsatadi. Shunisi xarakterlidirki, kaltsit juda ko`p 

ruda 


konlarida, asosan, sulfidli tomir konlarda, odatda eng keyin kristallangan 
minerallarning biri bo`ladi.
2.
Nurash protsessida kalsit
katta uyum holida uchramasa ham lekin ruda 
konlari va tog` jinslarining oksidlanish zonasida yoriq va darzlarda yangidan hosil 
bo`lgan mineral sifatida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda nurash po`stida 
parchalanayotgan, tarkibida ohak bo`lgan endogen minerallar bilan havodagi karbon 
oksidi kaltsit hosil qiluvchi manba bo`lib xizmat qiladi.
3.
Cho`kish yo`li bilan kalsitning
juda
 
katta massalari, ayniqsa, dengiz 
havzalarida ohak skeleti umurtqasiz hayvonlar va dengiz o`simliklari qoldiqlaridan, 
avvalo balchiqdan hosil bo`ladi. Keyinchalik bu moddalarning hammasi ohaktoshga 
aylanadi.
Kalsit qanday yo`l bilan hosil bo`lmasin, bari bir u nurash zonasida uncha 
barqaror mineral bo`lmaydi. Kislotalarda oson eruvchanligiga ko`ra, elyuval zonasida, 
ayniqsa, sulfidli ruda konlarining oksidlanish zonasida eritmaga o`tib ketadi. O`rta 
Osiyoda Zarafshon-Hisor, Pskom-Ugom rayonlarida va boshqa joylarda keng 
tarqalgan.
Malaxit SiSO
3
[OH]

-kristallari mustahkam massali monoklin singoniyada. 
Qattiqligi 3,5-4, zichligi 3,7-4,1 g/sm
3
. Yer massali malaxit yashil mis deb nomlanadi, 
chegarasi och yashil, yaltiroqligi shishasimon. Kislotalarda shiddatli qaynaydi mis 
sulfidli konlarning oksidlanishi zonasida shakllanadi. Jiloli toshlar va kraska ishlab 
chiqarishda, mis rudasi sifatida ishlatiladi.
Uraldagi ikkita katta yirik mis koni butun dunyoga mashhur edi. Bular 
Mednorudyansk (Quyi Tagil yaqinida) bilan Gumeshevsk (Sverlovskdan janubi-
g`arbda) konlardir. O`zbekiston xududida Nurota tog` tizmasidagi konlarda mavjud. 
Sulfatlar 
Bu guruh minerallariga sulfat kislotaning selenatli va selenitli birikmalari kiradi. 
Bu sinfga kiruvchi minerallar 175 dan ortiq, ularning ayrimlari qo`shimcha anionlar 
[PO
4
], [AsO
4
](CO
3
] tufayli hosil bo`ladi. Sulfatlarning tuzilishida [SO
4
]-2 anionining 
ahamiyati ulkan, bunda olti valentli oltingugurtni kislorodni qurshab olgan va ular 
faqat yirik ikki valentli kationlar bilan birikishi natijasida barqaror panjaralar hosil 
qiladi. Sulfat minerallarini hosil qilishda faol kationlardan: Ca, Ba, Na, Pb, K, Mg, Cu, 
Zn ning roli katta.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin