uchraydi. Qattiqligi 3,0-3,5 solishtirma og`irligi 4,3-4,6 g/sm
3
ulanish
tekisligi
mukammal, rangi kulrang, oq, qizg`ish
va xavorang; kislotalarda erimaydi. Barit
tabiatda har xil yo`llar bilan, lekin faqat kislorodning partsial bosimi ortiq bo`lgan va
ancha past temperaturali sharoitlarda paydo bo`ladi.
Shunung uchun ham u boshqa
suvsiz sulfatlar kabi, magmatogen mineral sifatida
magmatik jinslarda ham, yer
chuqurida hosil bo`lgan metamorfik jinslarda ham uchraydi.
Barit turli sanoat tarmoqlarida keng qo`llaniladi.
1.
Mayda qilib yanchilgan kukunini «gil eritma» tarkibuga qo`shib neft konlarini
parmalashda gaz otilib chiqishiga qarshi va sochiluvchan jinslar orasida o`tkazilgan
skvajina devorlarini mustahkamlash maqsadida sementlash uchun ishlatiladi.
2.
Ximiya sanoatida har xil preparatlar ham tuzlar tayyorlanadigan xom ashyo
bo`lib, bu preparat va tuzlardan pirotexnikada, qo`nchilik ishlarida (teri junlarini
tozalash uchun),
qand-shakar ishlab chiqarishda, foto qog`ozlari tayyorlashda,
keramikada emallar emallar ishlab chiqarish uchun, yuqori nur sindirish koeffisentiga
ega bo`lgan alohida
shisha navlari tayyorlashda, meditsinada va boshqa maqsadlarda
qo`llaniladi.
3.
Rezina va qog`oz sanoatida qo`shimcha va og`irlashtiruvchi sifatida
ishlatiladi.
4.
Lak-buyoq sanoatida
yuqori sifatli belila, rangli buyoqlar va boshqalar ishlab
chiqarishda qo`llaniladi.
5.
Xizmatchilarni rentgen nurlarining ta`siridan saqlash maqsadida rentgen
laboratoriyalari devorlari shuvog`ining asosiy qismi sifatida ishlatiladi.
6.
Bariy metali ba`zi radiolampalarni tayyorlashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: