Fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar Ushbu guruh minerallari fosfor, margimush va vanadiylarning tuzlari bo`lib,
tabiatda kam tarqalgan. Ularni hosil qiluvchi kationlar – Al, Fe, Mn, Ca, Zn, Cu va Rb.
Fosfatlar, arsenatlar va vanadat minerallarining ichki tuzilishini tashkil qilishda
qo`yidagi tetraedrlar radikali [PO
4
]
-3
, [AsO
4
]
-3
va [VO
4
]
-3
muhim hisoblanadi.
Apatit Ca(RO 4 ) 3 , (Cl, FOH) -Geksogonal singoniyali. Rangsiz, oq, yashil,
havo rang, sariq, qo`ng`ir rang, siyoxrang, yaltiroqligi shishadek sinish tekisligi
yog`simon. Solishtirma og`irligi-3,18-3,23. Qattiqligi 5,0 zichligi 3,2 g/sm
3
ulanish
tekisligi nomukammal, sinish tekisligi notekis. Gidrotermal konlarda va va chiqindi
jinslarda kuzatiladi. Qishloq xo`jaligida gugurt ishlab chiqarishda, keramika sanoatida
ishlatiladi.
Monasit– (Ce,La...]PO 4 Yunoncha «monaydzen» yakka qilish demakdir
(monax so`zidan olingan). Tabiatda u yakka-yakka holda uchraydi. Tarkibi – seriy va
lantan 50-68%, R
2
O
5
– 22-31,5%. Izomorf aralashma holida ittriy – 5%
gacha, toriy – 5-60% atrofida bo`ladi. Monatsit monoklinal singoniyali, tabletkasimon,
prizmatik shakllarda uchraydi. Magmatik jinslarda (intruziv va pegmatitlarda) mayda
donali, ba`zan bir necha kilogrammlik xillari mavjud. Uning rangi xilma-xil - qo`ng`ir,
sarg`ish-qo`ng`ir, jigarrang, qizil, ba`zan yashil, shishadek yaltiraydi, yog`langandek.
Qattiqligi – 5,5, solishtirma og`irligi – 5,5. Monasit kam uchraydi, odatda nefelinli
sienit, granit, alyaskit va ularning pegmatitlarida ko`proq tarqalgan. U seriy, lantan
hamda toriy olishda asosiy manba hisoblanadi.
Ksenotim – YPO 4 . Tarkibida ittriy oksidi 63% gacha, biroz tseriy, yevropiy
uchraydi, ba`zan toriy va uran oksidlari – 5% gacha bo`ladi. U tetragonal singoniyali,
prizmatik kristall va ayrimda yaxlit massalar holida topiladi.
Ksenotim – sarg`ish-qo`ng`ir, kulrang, qo`ng`ir ranglarda uchraydi. Uning
yaltirashi shishadek, yog`langandek, notekis yuzalar hosil qilib sinadi.
Ksenotimning qattiqligi – 5, solishtirma og`irligi – 4,6. U kuchli
radiooaktivlikka ega. Ksenotim nordon va ishqorli intruziv va ularning pegmatitlarida
keng tarqalgan. U monatsitdek barqaror mineral bo`lib, odatda sochma konlar hosil
qiladi. Ularning yirik uyumlari dengiz qirg`oqlarida aniqlangan. U ham monatsitga
o`xshash ittriy va uran, toriy olishda katta ahamiyatga ega.